O’zDSMIda Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat kunlari o’tkazildi

O'zDSMIda Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat kunlari o'tkazildi

Joriy yilning 27-may kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyati kunlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Madaniyat vaziri Tudiyev Kalbay Abiyevich boshchiligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tarixi va madaniyati muzeyi, I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri xodimlari va ijodkorlari, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali vakillari tashrif buyurishdi. Vazir Kalbay Abiyevich o’zaro samarali hamkorlik va qo’llab-quvvatlov uchun bevosita O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Jo’rayevich Yuldashev va institut jamoasiga o’z ezgu tilaklarini bildirdi hamda esdalik sovg’asi taqdim etdi.

O'zDSMIda Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat kunlari o'tkazildi

O'zDSMIda Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat kunlari o'tkazildi

O'zDSMIda Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat kunlari o'tkazildi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati, professor-о‘qituvchilar ishtirokida o‘tkazilgan o‘zaro samimiy muloqotlar davomida ushbu ta’lim dargohining o‘ziga xos ijodiy muhiti haqidagi muhim ma’lumotlardan bahramand bo‘lishdi. Institutda yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi bilan yaqindan tanishdi. Pedagog xodimlar va talaba yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar, institut faoliyati, bu maskanda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar xususida fikr yuritildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani e’tirof etildi. Madaniyat va san’at sohasini hamda madaniy turizmni rivojlantirish maqsadida “2021-2024 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar” Dasturida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tildi.

O'zDSMIda Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat kunlari o'tkazildi

Qayd etildiki, Qoraqalpoq xalqining oʻziga xos jud boy ogʻzaki ijodi va adabiyoti bor. Xalq ogʻzaki ijodining bizgacha yetib kelgan namunalari orasida ajoyib lirik mazmundagi sheʼriy asarlarni ham, salmoqdor qahramonlik dostonlarini ham uchratish mumkin.

O'zDSMIda Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat kunlari o'tkazildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi so‘nggi yillarda san’atshunoslar, arxeolog olimlar, tadqiqotchilar va sayyohlarning e’tiborini tobora ko‘proq tortib kelmoqda. Hudud o‘zining noyob madaniyati, boy tarixiy merosi, nodir tabiiy landshaftlari, qadimiy va o‘rta asrlarga oid yodgorliklari bilan mashhurdir. Tuproqqal’a esa Markaziy Osiyo hududidagi eng qadimgi inshootlardan biri hisoblanadi. Qoraqalpoq hamda oʻzbek xalqlarining tarixi bir-biriga chambarchas bogʻliq boʻlganiday, bu ikki qon-qarindosh xalqning adabiyoti oʻrtasidagi oʻzaro aloqa ham bir necha asrlik tarixga ega.

O'zDSMIda Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat kunlari o'tkazildi

O'zDSMIda Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat kunlari o'tkazildi

Ta’kidlanganidek, inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan mamlakatimizda milliy ma’naviyatimizni yuksaltirish, ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas merosini o‘rganish hamda targ‘ib etish, uning mazmun-mohiyatini yoshlarimiz ongu shuuriga singdirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu o‘rinda aytish lozimki, oʻzbek va qoraqalpoq xalqlari hamisha doʻst va qardosh boʻlgan. Bu ikki xalqning tili, urf-odatlari va yaxshi anʼanalari mushtarakdir.

O'zDSMIda Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat kunlari o'tkazildi

O'zDSMIda Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat kunlari o'tkazildi

Bildirilgan mulohazalar yig‘ilganlar shuuriga oʻzgacha surur bagʻishladi.

Tadbir soʻnggida institutda faoliyat yuritayotgan taniqli san’atkorlar, qobiliyatli talaba yoshlar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelgan sanʼat namoyandalari ishtirokidagi konsert dasturi tashkil etildi. Unda oʻzbek va qoraqalpoq xalqlarining doʻstligi haqidagi milliy kuy-qoʻshiqlar, raqslar ijro etildi.

image_pdfimage_print