O’zDSMIda Ozarbayjon madaniyati kunlari o’tkazildi

O'zDSMIda Ozarbayjon madaniyati kunlari o'tkazildi

Barchamizga ma’lumki, joriy yilning 6–9-aprel kunlari Toshkent va Termiz shaharlarida Ozarbayjon madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir doirasida Ozarbayjon delegatsiyasi aʼzolari О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrif buyurdilar.

Institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilar ishtirokida o‘tkazilgan o‘zaro samimiy muloqot davomida ushbu ta’lim dargohining o‘ziga xos ijodiy muhiti haqidagi muhim ma’lumotlardan bahramand bo‘lishdi. Institutda yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, mamlakatimizda pedagog xodimlar va talaba yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar, institut faoliyati, bu maskanda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar xususida fikr yuritildi.

O'zDSMIda Ozarbayjon madaniyati kunlari o'tkazildi

O'zDSMIda Ozarbayjon madaniyati kunlari o'tkazildi

O'zDSMIda Ozarbayjon madaniyati kunlari o'tkazildi

O'zDSMIda Ozarbayjon madaniyati kunlari o'tkazildi

O'zDSMIda Ozarbayjon madaniyati kunlari o'tkazildi

O'zDSMIda Ozarbayjon madaniyati kunlari o'tkazildi

Do‘stlik va o‘zaro ishonch muhitida o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari, madaniy aloqalarni kengaytirish masalalariga katta e’tibor qaratildi. Bildirilgan mulohazalar yig‘ilganlar shuuriga oʻzgacha surur bagʻishladi.

– Inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan mamlakatimizda milliy ma’naviyatimizni yuksaltirish, ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas merosini o‘rganish hamda targ‘ib etish, uning mazmun-mohiyatini yoshlarimiz ongu shuuriga singdirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – dedi О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev. – Shu o‘rinda aytish lozimki, oʻzbek va ozarbayjon xalqlari hamisha doʻst va qardosh boʻlgan. Turkiy xalqlar ichida bu ikki xalqning tili, urf-odatlari va yaxshi anʼanalari mushtarakdir. Tarixiy anʼanasi gʻoyat teran boʻlgan adabiy aloqalarimiz bugungi kunga kelib, yanada yaxshilanib bormoqda. Alisher Navoiy Nizomiy Ganjaviyning xamsachilik anʼanasini davom ettirib, arab va fors tilida emas, balki ilk bor turkiy tilda “Xamsa” yaratgan. Turkiy tilda ham “Xamsa” yaratish mumkinligini isbotlab, bu tilning goʻzal va boy ekanini butun dunyoga koʻrsatgan. Alisher Navoiy “Xamsa” dostonida buyuk shoir Nizomiy Ganjaviy dahosiga hurmatini bajo keltiradi. Uning isteʼdodidan hayratlanganini taʼkidlaydi.

Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasiga panja urmoq.

Bu satrlar ulugʻ ustoziga boʻlgan cheksiz hurmat va eʼtirof namunasidir.

O'zDSMIda Ozarbayjon madaniyati kunlari o'tkazildi

O'zDSMIda Ozarbayjon madaniyati kunlari o'tkazildi

O'zDSMIda Ozarbayjon madaniyati kunlari o'tkazildi

O'zDSMIda Ozarbayjon madaniyati kunlari o'tkazildi

O‘z navbatida, Ozarbayjon Milliy Majlisi madaniyat qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik jamiyati a’zosi Ganira Pashshayeva barcha sohalar bo‘yicha o‘zbek-ozarbayjon hamkorligini yuqori baholadi va bu ikki mamlakat xalqlarining umumiy tarixi, madaniyati, maʼnaviyati, urf-odatlari, tili va mustahkam birodarlik aloqalariga asoslanganini taʼkidladi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining ijobiy tendensiyasi, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan katta o‘zgarishlar va islohotlar haqida so‘z yuritdi.

– O‘zbekiston Sharq madaniyati beshigi, jahon ilm-fani, tibbiyoti, maʼnaviyati, adabiyotiga ulkan hissa qo‘shgan taniqli shaxslarning vatanidir, – dedi G.Pashayeva. – O‘zbek va Ozarbayjon xalqlari o‘rtasidagi munosabatlar tarixi asrlarga borib taqaladi. Ularni yaqin milliy urf-odat va an’analar, umumiy til guruhi, madaniyat birlashtirib turadi. Buyuk shoir va mutafakkirlar Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy merosi ham xalqlarimizni bir-biriga yanada yaqinlashtirib turadi.

O'zDSMIda Ozarbayjon madaniyati kunlari o'tkazildi

O'zDSMIda Ozarbayjon madaniyati kunlari o'tkazildi

O'zDSMIda Ozarbayjon madaniyati kunlari o'tkazildi

O'zDSMIda Ozarbayjon madaniyati kunlari o'tkazildi

O‘zaro muloqot davomida ta’lim sohasida hamkorlik qilish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirishga yuborish, axborot hamda ilmiy ma’lumotlar almashish, ilmiy konferensiyalar, turli festivallar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish masalalari belgilandi.

Tadbir soʻnggida institutda faoliyat yuritayotgan taniqli san’atkorlar, qobiliyatli talaba yoshlar hamda Ozarbayjon Respublikasidan kelgan sanʼat namoyandalari ishtirokidagi konsert dasturi tashkil etildi. Unda oʻzbek va ozarbayjon xalqlarining doʻstligi haqidagi milliy kuy-qoʻshiqlar, ozarbayjoncha ashulalar, raqslar ijro etildi.

O'zDSMIda Ozarbayjon madaniyati kunlari o'tkazildi

O'zDSMIda Ozarbayjon madaniyati kunlari o'tkazildi

O'zDSMIda Ozarbayjon madaniyati kunlari o'tkazildi

O'zDSMIda Ozarbayjon madaniyati kunlari o'tkazildi

O'zDSMIda Ozarbayjon madaniyati kunlari o'tkazildi

O'zDSMIda Ozarbayjon madaniyati kunlari o'tkazildi

O'zDSMIda Ozarbayjon madaniyati kunlari o'tkazildi

Tadbir yakunida mehmonlarga tashrif va hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

O'zDSMIda Ozarbayjon madaniyati kunlari o'tkazildi

O'zDSMIda Ozarbayjon madaniyati kunlari o'tkazildi

O'zDSMIda Ozarbayjon madaniyati kunlari o'tkazildi

image_pdfimage_print