O‘zDSMIda O‘zbekiston–Rossiya madaniy ta’lim forumi o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida madaniyat sohasida O‘zbekiston–Rossiya ta’lim forumi o‘tkazildi.
Ushbu forumda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati, mehmonlardan Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari Nadejda Aleksandrovna Prepodobnaya, Ulyanovsk viloyati san’at va madaniyat siyosati vaziri Yevgeniya Yevgenevna Sidorova, Ryazan viloyati madaniyat vaziri Marina Vladislavovna Kaurkina, Samara viloyati madaniyat vaziri vazifasini bajaruvchi Irina Yevgenevna Kalyagina va boshqalar ishtirok etdi.
Forum avvalida “Kiji” muzey-qoʻriqxonasi tomonidan badiiy koʻrgazma tashkil etildi.
Gnesin nomidagi Rossiya musiqa akademiyasi rektori Aleksandr Sergeyevich Rijinskiy hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Jo‘rayevich Yuldashev forumga moderatorlik qildi.
Shuningdek, Aleksandr Sergeyevich Rijinskiy va Ibrohim Jo‘rayevich Yuldashevdan tashqari Qozon davlat madaniyat instituti rektori Roza Shayxaydarovna Axmadiyeva, Glinka nomidagi Nijniy Novgorod davlat konservatoriyasi rektori Gurevich Yuriy Efimovich, Milliy xoreografiya akademiyasi rektori To‘xtasinov Shuhrat Maxmudovich, Rossiya teatr san’ati instituti – GITIS prorektori vazifasini bajaruvchi Edita Anatolevna Tibilova, Moskva badiiy teatr maktabining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Xoxlova Natalya Arkadiyevna, “Soyuzmultfilm” kinostudiyasining bosh prodyuseri Yuliya Anatolevna Osetinskaya, Gorkiy kinostudiyasining bolalar va o‘smirlar o‘quv filmlar dasturi bo‘limi boshlig‘i Nina Nikolayevna Dobrynchenko hamda Sankt-Peterburg davlat kino va televideniye instituti prorektori Aleksandr Vigenovich Babayan spiker sifatida ishtirok etdi.
Forum doirasida Sankt-Peterburg davlat kino va televideniye instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat san’at va madaniyat instituti o‘rtasida memorandum imzolandi.
Kunning ikkinchi qismida Rossiyadan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi. Jumladan, Rossiya teatr san’ati instituti – GITIS prorektori vazifasini bajaruvchisi Edita Anatolevna Tibilova aktyorlik mahorati fanidan; GITIS prodyusserlik kafedrasi mudiri Elshan Asadovich Mamedov prodyusserlik fanidan; GITIS sahna plastikasi kafedrasi dotsenti Oleg Anatolevich Valinsev sahna plastikasi fanidan; GITIS sahna nutqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Larisa Georgiyevna Kaydalova sahna nutqi fanidan o‘z bilim va mahorati bilan o‘rtoqlashdi.
Shu bilan birga, “Milliy vokal ijrochiligida obrazli tafakkurni rivojlantirish” mavzusida Tatariston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi, Qozon davlat madaniyat instituti Oliy san’at maktabi fakulteti yakkaxon xalq kuylash kafedrasi dotsenti Elvira Rizvanovna Gimatdinov hamda “Xoreografik ta’lim sohasidagi an’analar va innovatsiyalar” mavzusida xalqaro va Rossiya tanlovlari laureati, Qozon davlat madaniyat institutining xoreografiya san’ati xalqaro dasturi rahbari Mullagaliyeva Rezeda Flyurovna tomonidan ham mahorat darsi o‘tkazildi.
Forum so‘ngida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan delegatsiya a’zolari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Quyida ushbu forumga oid qiziqarli suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.