O‘zDSMIda Navro‘z bayrami keng ko‘lamda nishonlandi

O‘zDSMIda Navro‘z bayrami keng ko‘lamda nishonlandi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Navro‘z ayyomi nishonlandi. Erta tongdan boshlangan shodiyona kun davomida institut xodimlari va talabalarga quvonch ulashdi.

Kunning ikkinchi yarmida maxsus konsert dasturi tashkil etildi.

Konsert dasturini institut rektori v.b. Eldor Shermanov ochib berdi hamda Navro‘z bayrami bilan bir qatorda Xalqaro teatr kuni bilan barchani muborakbod etdi.

“Bugun yangilanish va yasharish faslining unutilmas ayyomi — Navro‘z hamda Xalqaro teatr kuni, ya’ni qo‘shaloq bayramni nishonlayapmiz. Ushbu ayyomlar munosabati bilan barchani tabriklayman”, dedi institut rektori v.b. Eldor Shermanov.

Konsert dasturida xalq artistlari va xalq xofizlari, el suygan san’atkorlar bilan bir qatorda oliygohda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar o‘z chiqishlari bilan tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Qolaversa, doshqozonda osh damlanib, professor-o‘qituvchilar va institut xodimlariga milliy taomlarimiz tortiq qilindi.

image_pdfimage_print