O‘zDSMIda madaniyat va san’at markazlari soni oshiriladi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati rektorat binosida joylashgan bo‘limlar, kafedralar hamda ijodiy darsxonalar faoliyati bilan tanishdi.
Ushbu jarayon davomida institut rahbariyati tomonidan mavjud muammolar o‘rganildi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, Kara Karayev nomidagi Ozarbayjon madaniyat va san’at markazi ko‘zdan kechirildi hamda u yerdagi sharoitlar o‘rganildi.
Shu bilan birga, kelgusida xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona aloqalar isboti sifatida institut hududida madaniyat va san’at markazlari sonini yanada ko‘paytirish hamda ushbu xonalarda qardosh mamlakatlar muhitini yaratish borasida takliflar aytildi.
Shuningdek, ilmiy faoliyat olib borayotgan soha vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasi ilgari surildi.