1

O‘zDSMIda Lola Xo‘jayeva tavalludining 100 yilligi nishonlandi

O‘zDSMIda Lola Xo‘jayeva tavalludining 100 yilligi nishonlandi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Teatr san’ati fakulteti, “Sahna nutqi” kafedrasi tomonidan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qirg‘iziston san’at arbobi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibasi, professor Lola Xo‘jayeva tavalludining 100 yilligi munosabati bilan xotira kechasi o‘tkazildi. Unda taniqli san’at arboblari, xalq artistlari, institut o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, dotsent Muslim Yuldashev, O‘zbekiston xalq artistlari Muhammadali Abduqunduzov va Elyor Nosirov kabi el suygan san’atkorlar Lola Xo‘jayeva to‘g‘risidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

Shundan so‘ng tadbir kuy-qo‘shiq, bag‘ishlovlarga ulanib ketdi. Shuningdek, Lola Xo‘jayevaning shogirdlari hisoblangan taniqli san’atkorlar, professor o‘qituvchilar tomonidan ham yorqin xotiralar esga olindi.

Bundan tashqari, Lola Xo‘jayeva faolityaiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi hamda dotsent Xatira Juldiqorayeva tomonidan monografiya taqdimoti bo‘lib o‘tdi.