
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 20 tupga yaqin Lipa daraxti o‘stiriladi, ushbu o‘simlik oliygohga o‘zgacha manzara baxsh etib turadi. Xo‘sh, Lipa qanday o‘simlik va uning qanday foydali xususiyatlari bor?
Lipa daraxti yog‘ochsimon o‘simliklar turkumiga mansub hisoblanadi. Uning daraxt va buta shaklidagi 45 ga yaqin turi mavjud. O‘zbekistonda ushbu o‘simlikning 9 ta turi o‘stiriladi. Lipaning uch turi — yirik, mayda va yuraksimon barglisi keng tarqalgan. Ushbu o‘simlik shimoliy yarim sharning mo‘’tadil va subtropik zonalarida keng tarqalgan. Ayniqsa, Lipa janubi-sharqiy Osiyoda ushbu o‘simlikning ko‘pgina turlarini uchratish mumkin. Masalan, faqat Xitoyning o‘zida Lipaning 15 xil mahalliy turi mavjud. Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning mo‘’tadil zonalarida esa Lipa nisbatan kam tarqalgan.
Lipa o‘simligi issiq va yetarlicha namlikka ega bo‘lgan hududlarda o‘sadi. Masalan, g‘arbiy Kavkazorti, Uzoq Sharqning janubi — Primorda; Shimoliy Osiyoda, G‘arbiy Sibirning janubi va Krasnoyarsk o‘lkasida ushbu o‘simlikning ko‘pgina turlarini uchratish mumkin.
Lipa o‘simligi shahar va qishloqlarga o‘zgacha chiroy baxsh etishda keng qo‘llaniladi. Lipa turlicha sharoitlarga moslasha oladigan manzarali o‘simlik hisoblanadi. Uning daraxt va bo‘ta singari ko‘rinishlari mavjud. Lipa daraxti 25 metrgacha balandlikda o‘sishi mumkin. Lipa unumdor va sernam tuproqda yaxshi rivojlansa-da, unday sharoitda bo‘lmagan hududda ham yashab qolish qobiliyatiga ega.
Darhaqiqat, bu daraxt uzoq umr ko‘radi: uning hayoti o‘rtacha 300-400 yil, ba’zi turlari esa 1200 yil davom etadi. Butun umri davomida Lipa nafaqat o‘zining ajoyib go‘zalligi bilan ko‘zni quvontiradi, balki xalq tabobatida uzoq vaqtdan beri qo‘llanilgan dorivor xom-ashyo manbai bo‘lib xizmat qiladi. Lipa o‘rmonlarda, bog‘larda, shahar xiyobonlarida va bog‘larda manzarali daraxt sifatida o‘stiriladi. Yevropa mamlakatlarida mayda bargli lipa keng tarqalgan. Lipa daraxti yozda, gullash davrida go‘zal qiyofaga kiradi hamda xushbo‘y ifor taratadi.
Lipa gullari tarkibida efir moyi, mum, shakar, glyukoza, vitaminlar, mikro va makro elementlar mavjud. Asalarilan undan nektar oladi. Shuningdek, u xalq tabobati va dorivor giyohlar tayyorlashda keng qo‘llaniladi.
Suratlar mualliflari: O’zDSMI professori Ma’rufjon Yuldashev va Salmonxon Habibullayev