O‘zDSMIda ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.08/28.08.2020.San.121.01 raqamli ilmiy kengashda “Madaniyat va san’at menejmenti” kafedrasi katta o‘qituvchisi, mustaqil tadqiqotchi Munisa Mavrulovaning falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktorlik (PhD) dissertatsiyasi bo‘yicha ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Munisa Mavrulova tomonidan “Jamiyat ma’naviy barqarorligini ta’minlashda milliy-madaniy qadriyatlarning o‘rni” mavzusidagi dissertatsiya o‘qib eshittirildi.
Seminar davomida Ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya mavzusiga oid savollarga ilmiy asoslarga ega javoblar berildi.
Shu bilan birga, Ilmiy kengash a’zolari dissertatsiya bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi hamda muhokama so‘ngida Munisa Mavrulovaning dissertatsiyasi ma’qullandi.