O‘zDSMIda hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zDSMIda hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida belgilangan vazifalar hamda topshiriqlar hisobotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda institut rahbariyati, dekanlar, kafedra mudirlari va boshqa xodimlar ishtirok etdi.

Kun tartibida amalda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha hisobotlar tinglandi. Amalga oshirilmagan topshiriqlarning sababi aniqlandi va kerakli ko‘rsatmalar berildi.

O‘zDSMIda hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zDSMIda hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Shuningdek, talabalarga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish borasida alohida to‘xtalib o‘tildi hamda tyutorlar faoliyati tanqid qilindi.

“Mustaqilligimiz 31 yilligining bosh shiori sifatida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” deya e’tirof etildi. Bugungi kunda xalq davlatga emas, davlat xalqqa xizmat qilishi lozim. Shu jumladan, yurtimizning bo‘lg‘usi kadrlari — talabalarga mehr ko‘rsatish, ularni norozi qilmaslishimiz shart. Ularning muammolarini hal qilish bizning vazifamiz”, dedi institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev.

O‘zDSMIda hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Shuningdek, amaliy darslar soni ko‘paytirish kerakligi ta’kidlandi.

“Talabalar bitta xonada o‘tiravermasdan haqiqiy muhitni ko‘rishi kerak. Masalan, teatr sohasida tahsil oladigan talabalar O‘zbekiston milliy akademik drama teatriga borsin hamda u yerdagi jarayonlarni, el suygan aktyorlarning xonalarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rsin. O‘ylaymanki, bu jarayon ularda katta taassurot qoldiradi”, deya qo‘shimcha qildi Ibrohim Yuldashev.

Qolaversa, institut kasaba qo‘mitasi raisi etib bir ovozdan Jahongir Karimov saylandi hamda rahbariyat tomonidan uning kelgusi faoliyatida rivoj tiladi.

O‘zDSMIda hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilish so‘ngida mas’ul xodimlarga kelgusida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan topshiriqlar berildi.

image_pdfimage_print