O‘zDSMIda “Factor books” nashriyoti tomonidan kitoblar yarmarkasi tashkil etildi

Bugun, 17-noyabr kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Factor books” nashriyoti tomonidan Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan kitob koʻrgazmalari, ulgurji yarmarkalar tashkil etildi.
Yarmarka davomida nashriyot kitoblarining arzonlashtirilgan narxdagi yarmarkasi, bosh sovrin avtomobil boʻlgan Ikar kitoblari taqdimoti, yangi nashr etilgan kitoblar koʻrgazmasi hamda chop etilishi kutilayotgan kitoblar haqida suhbat jarayonlari tashkil etildi.
Ushbu koʻrgazma institut rahbariyati hamda talabalar orasida iliq kutib olindi hamda ularning qiziqishiga sazovor bo‘ldi. Bunday yarmarkalar kelgusida ham tez-tez tashkil etib turilishi belgilab olindi.