O’zDSMIda bayramona shodiyona davom etmoqda

O'zDSMIda bayramona shodiyona davom etmoqda

Mana shunday shukuhli kunlarda, xalqimiz tomonidan asrlar davomida e’zozlab kelinayotgan Navro‘z umumxalq bayrami yurtimiz bo‘ylab keng ko‘lamda nishonlanmoqda. Serquyosh diyorimizning barcha joylarida bo‘lganidek, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ham 2022-yil 30-mart kuni Navro‘z bayramini yuqori saviyada, katta tantanalar bilan kutib olish uchun samarali harakatlar boshlab yuborilgan. Jumladan, bahorning, Navro‘zning shohona taomi sumalak pishirilmoqda. Institutning ahil jamoasi birma-bir yaxshi niyat bilan sumalak pishayotgan doshqozonni kovlash baxtiga muyassar bo‘lishmoqda.

O'zDSMIda bayramona shodiyona davom etmoqda

O'zDSMIda bayramona shodiyona davom etmoqda

Tadbirda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev so‘z olib, keyingi yillarda yurtimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, aholi farovonligi yo‘lida olib borilayotgan islohotlarni eʼtirof etdi. Milliy qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan “Navro‘z” bayramining qadimdan nishonlanishining tarixi, bu bayram qut-baraka, mehr-oqibat, bunyodkorlik va hamjihatlik timsoli ekanligi xususida muhim fikrlarni bildirdi.

O'zDSMIda bayramona shodiyona davom etmoqda

O'zDSMIda bayramona shodiyona davom etmoqda

O'zDSMIda bayramona shodiyona davom etmoqda

O'zDSMIda bayramona shodiyona davom etmoqda

Xalqimizning aziz va ezgu bayramlaridan biri sifatida qalblarimiz va ongu-shuurimizdan mustahkam o‘rin olgan Navro‘z milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarannum etiladigan bayramdir, – dedi I. Yo‘ldoshev. – Shu o‘rinda aytish lozimki, o‘ziga xos, shahona taom hisoblangan sumalak pishirish ushbu bayramning uzviy bir qismi bo‘lib, u qadimdan ilk ko‘klam darakchisi, baraka, hosildorlik, to‘kin-sochinlik, ahillik, tan sihatlik va ezgulik timsoli sifatida kishilarda birdamlik, ahillik hissini tarbiyalab kelgan.

O'zDSMIda bayramona shodiyona davom etmoqda

O'zDSMIda bayramona shodiyona davom etmoqda

O'zDSMIda bayramona shodiyona davom etmoqda

Shuningdek, bugungi doshqozonda qaynagan sumalakning o‘ziga xos shukuhi borligi qayd etildi. Sumalak pishirish davomida milliy qadriyat va marosimlar, jumladan, sumalak tayyorlashning o‘zi qat’iy an’analar asosida ma’lum tartib qoidalariga amal qilingan holda bajarilishi yoshlarga uqtirildi.

image_pdfimage_print