
Shu kunlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida Bahorgi tijoratlashtirish forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur forum Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Fanlar akademiyasi bilan birgalikda xo‘jalik boshqaruvi organlari, tarmoq korxonalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat xokimliklarini oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan.
Forumda Respublika oliy ta’lim muassasalari va ish beruvchi tashkilotlar vakillari qatnashmoqda. Jumladan, Madaniyat va turizm vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalariga ham alohida pavilon ajratilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti vakillari ham sohaga oid ilmiy va ijodiy ishlar, musiqiy cholg‘u asboblari, qo‘g‘irchoqlar, ko‘rgazmali qurollari bilan forumda faol tarzda ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu forum 16-17-mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.