O‘zDSMI va Sungshin universiteti o‘rtasida talabalar almashinuvi dasturi borasida shartnoma imzolandi

25-oktabr kuni O‘zDSMI va Sungshin universiteti rektorlari o‘rtasida talabalar almashinuvi dasturi borasida o‘zaro shartnoma imzolandi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining bir nafar talabasi to‘rt yil davomida grant asosida ta’lim olib, yotoqxona hamda stipendiya bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.
Kunning ikkinchi yarmida institut rahbariyati Sungshin universitetining San’at fakulteti faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida aktyorlik mahorati hamda grim xonalari, konferensiyalar zalini ko‘zdan kechirildi.
Shu bilan birga, Sungshin universiteti rahbariyati tomonidan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashevga mahorat darsi o‘tgani munosabati bilan maxsus sertifikat topshirildi.