O‘zDSMI va Londonning Goldsmits universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi

Bugun “International” mehmonxonasida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorlik kengashi forumi doirasida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda London Goldsmits universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Ushb tadbirda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sobir Jumayev hamda London Goldsmits Universiteti huzuridagi Kreativ va madaniy tadbirkorlik instituti direktori Jerald Lidstounlar qatnashishdi.
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 2018 yildan beri amalga oshirilayotgan O‘zbekistondagi Britaniya Kengashining “Creative Spark – Oliy ta’lim dasturi” xalqaro loyihasining faol ishtirokchisi hisoblanadi.
Ushbu xalqaro dastur doirasida institutimizni mas’ul professor-o‘qituvchilari tomonidan madaniyat va san’at sohasida kreativ tadbirkorlik yo‘nalishida bir qator o‘quv-uslubiy va amaliy ishlar amalga oshirildi. Ushbu anglashuv memorandumi mazkur amalga oshirilgan ishlar doirasini yanada kengaytirish hamda rivojlantirish maqsadida, jumladan professor-o‘qituvchilar va talabalar malakasini oshirish, ilmiy–tadqiqot, o‘quv–uslubiy ishlarini hamkorlikda amalga oshirishni nazarda tutadi.