1

O‘zDSMI tyutorlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi

O‘zDSMI tyutorlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori Abduxalil Mavrulov institut prorektori, kafedra o‘qituvchilari, dekan o‘rinboslari va tyutorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Abduxalil Mavrulov nutqi davomida “Yangi O‘zbekiston”, “Uchinchi Renessans”, “Ma’naviyatli jamiyat” kabi atamalarning asl mohiyati haqida fikr bildirdi va erishish lozim bo‘lgan bu kabi yuksak maqsadlarning mazmunini yoshlarga to‘g‘ri yetkazish borasida mulohaza yuritdi.

Shuningdek, professor tomonidan sharq mutaffakirlari ilmiy merosining bugungi kunda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati hamda “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” tamoyilining jamiyat rivojidagi o‘rni aytib o‘tildi.

Yig‘ilishda talabalarning yurtdan faxrlanish hissini uyg‘ota olish asosiy maqsad ekanligini ta’kidlandi. Qayd etish joiz, tyutorlar uchun mahorat darslari doimiy ravishda tashkil etilmoqda.