1

O‘zDSMI tyutorlari uchun navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi

O‘zDSMI tyutorlari uchun navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi, dotsent Ziyodullo Isoqov tomonidan institut tyutorlari uchun o‘quv-seminari tashkil etadi.
Seminar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasida ilgari surilgan masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida sohaga oid masalalar haqida fikr bildirildi.
Uchrashuvda talabalarning yurtdan faxrlanish hissini uyg‘ota olish asosiy maqsad ekanligini ta’kidlandi. Qayd etish joiz, tyutorlar uchun mahorat darslari doimiy ravishda tashkil etilmoqda.