O’zDSMI talabalari “Yangi O‘zbekiston, Yangi nigoh” media-haftaligi doirasida o’tkazilgan tanlovlar g‘olibi bo‘ldi

О‘rozali Toshmatov 65 yoshni qarshiladi

O'zDSMI talabalari “Yangi O‘zbekiston, Yangi nigoh” media-haftaligi doirasida o'tkazilgan tanlovlar g‘olibi bo‘ldi
Joriy yilning 3-7-may kunlari poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Yangi O‘zbekiston, Yangi nigoh” media-haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur media-forum dasturi doirasida jurnalistika, blogerlik, piar, dasturlash, montaj singari yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari o‘tkazildi, madaniy ko‘ngilochar dasturlar hamda kino premyeralari tashkil etildi.
O'zDSMI talabalari “Yangi O‘zbekiston, Yangi nigoh” media-haftaligi doirasida o'tkazilgan tanlovlar g‘olibi bo‘ldi
O‘zbekiston elektron ommaviy-axborot vositalari milliy assotsiasiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat-notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi, UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi, O‘zbekiston kinematografiya agentligi va O‘zbekiston Yoshlar agentligi singari qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilayotgan media-forumda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari ham faol ishtirok etishmoqda. Mazkur haftalikda institutimizning qator talabalari hamda yosh o‘qituvchisi tanlovda ssenariylar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

 

O'zDSMI talabalari “Yangi O‘zbekiston, Yangi nigoh” media-haftaligi doirasida o'tkazilgan tanlovlar g‘olibi bo‘ldi

Jumladan, Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti “San’atshunoslik (kino san’ati tanqidi va tahlili)” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Shahnoza Tuyunova “Palto” ssenariysi bo‘yicha tanlov g‘olibi bo‘ldi. Ushbu fakultetning “San’atshunoslik (sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi) ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Feruzaxon Tursunxo’jayeva esa “San’at” ssenariysi bo‘yicha, “San’atshunoslik (kino san’ati tanqidi va tahlili)” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Dilshod Usmonov “Montaj” ssenariysi, “Rejissorlik (kino va televideniye rejissorligi)” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Iroda Nurmuhamedova “Hamroh” ssenariysi, “Rejissorlik (kino va televideniye rejissorligi)” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Sardor Jumayev “Yordam” ssenariysi, “San’atshunoslik (sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi)” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs sirtqi bо‘lim talabasi Azamat Nurmatov “Sodda dil” ssenariylari bo‘yicha tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Mazkur bellashuvlarda institutimizning yosh o‘qituvchilari ham faollik ko‘rsatishyapti.
O'zDSMI talabalari “Yangi O‘zbekiston, Yangi nigoh” media-haftaligi doirasida o'tkazilgan tanlovlar g‘olibi bo‘ldi
Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti “Kino, televideniye va radio rejissorligi” kafedrasi yosh o‘qituvchisi Sardor Mahmudov “Devor” ssenariysi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, mazkur media-forumda “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi yosh o‘qituvchisi Husnulla Jamonqulov ssenariysi asosida, Mahliyo Asqaraliyeva rejissorligida tasvirga olingan “Galdir” qisqa metrajli filmining premyerasi ham bо‘lib о‘tdi.
O'zDSMI talabalari “Yangi O‘zbekiston, Yangi nigoh” media-haftaligi doirasida o'tkazilgan tanlovlar g‘olibi bo‘ldi

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print