“Kunduzsiz kechalar” spektakli premyerasi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining o‘quv teatrida Teatr san’ati fakulteti Dramatik teatr va kino aktyorligi 3-bosqich talabalari tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim qalamiga mansub “Kunduzsiz kechalar” spektakli namoyish etildi.
Mazkur sahna asari jadid bobomiz Abdulhamid Cho‘lpon hayoti atrofida qurilgan. Unda shoirning mashaqqiyotli hayot yo‘li, erk yo‘lida kurash olib borishi hamda turli tazyiqlarga uchrashi, shunga qaramay, ijod bo‘stonida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi va boshqa voqealar o‘rin olgan.
Qayd etish joiz, bugun o‘quv teatri tomoshabinlar bilan to‘lib-toshdi va bu spektaklga bo‘lgan qiziqishning yuqoriligidan darak beradi. Shu jumladan, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov, O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov kabi el suygan san’at vakillari ham spektaklni bevosita tomosha qilishdi.