O‘zDSMI sport musobaqalarining g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi

Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Sport — salomatlik garovi” shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazilgandi. Shu kuni kurash sport turi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar taqdirlangandi.
Bugun ham boshqa sport turlari bo‘yicha g‘olib sovrindorlar taqdirlandi. Institut rektori v.b Eldor Shermonov musobaqa g‘oliblarini samimiy qutlab, kelgusida ham shu kabi turnirlar va intellektual o‘yinlar muntazam ravishda o‘tkazib borilishini ta’kidladi.
G‘olib va sovrindorlarga smartfon, smart soat, diplom, futbolka, bosh kiyim kabi qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.