O’zDSMI rektorining kun tartibi

O'zDSMI rektorining kun tartibi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldashev 7-mart kuni o’z ish faoliyatini Xalq ijodiyoti fakulteti faoliyatini ko’zdan kechirish bilan boshlandi. Erta tongdan boshlangan o’rganish jarayoni davomida 2- va 3-bosqich talabalari, shuningdek, О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasidan tashrif buyurgan talabalar, ustoz-murabbiylar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi.

O'zDSMI rektorining kun tartibi

Professor Ibrohim Yо‘ldoshev yaqinlashib kelayotgan 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar” bayrami bilan tabrikladi. Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar har jihatdan etuk mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida e’tirof etdi. Talabalar о‘zlari ilm olgan sohalari bо‘yicha yetuk kadrlar bо‘lishlariga umid bildirildi. Kelajak hayotlarida ilmiy izlanishlarini davom ettirib, mamlakatimiz ilmiy salohiyatiga katta hissa qо‘shishga chaqirildi.

Yig‘ilish davomida mamlakatimizda pedagog xodimlar va talaba yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlardan foylanish jarayonlari muhokama qilindi. Qayd etilganidek, ushbu fakultet mamlakatimizning madaniyat va san’at sohalari uchun yetuk kadrlar tayyorlab beradi.

O'zDSMI rektorining kun tartibi

Yig‘ilishda fakultetning asosiy vazifalari madaniyat va san’at sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan, xalq ijodiyoti an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirishga qodir, badiiy ijodning zamonaviy metodlari, innovatsion texnika va texnologiyalarni puxta egallagan yuksak malakali mutaxassislarni tayyorlash, madaniy-ma’naviy boylikni asrab-avaylash va ko‘paytirish, xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan badiiy ijod mahoratini rivojlantirishdan iborat bo‘lishi lozim ekanligi taʼkidlandi.

O'zDSMI rektorining kun tartibi

Jadal rivojlanib borayotgan global davrda, har bir pedagog xodim yoshlarning ta’lim tarbiyasi, madaniyati, darslardagi ishtiroki, vaqtida qatnashishi, о‘g‘il-qizlarni о‘z ustilarida tinimsiz izlanishlar olib borishlari kabi masalalarga jiddiy ahamiyat qaratishi zarur, – dedi professor Ibrohim Yо‘ldoshev. – Milliy ma’naviyatimizni yuksaltirish, ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas merosini o‘rganish hamda targ‘ib etish, uning mazmun-mohiyatini yoshlarimiz ongu shuuriga singdirishga alohida e’tibor qaratish kerak. Axir, keyingi yillarda yurtimizda uztoz-murabbiylarning mehnatini qadrlash, ta’limning sifatini, samaradorligini oshirish borasida barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. O‘qituvchi o‘z faoliyatida ilmiy salohiyatini, bilim darajasini tinimsiz oshirib borishi, sidqidildan mehnat qilishi, pedagogik mahoratini yuksaltirishi, jamoa o‘rtasida katta hurmatga loyiq bo‘lishi lozim. Bu oliy ta’lim dargohida san’at, madaniyat sohalarining ilm yo‘lidagi mashaqqatli mehnat sirlaridan bahramand bo‘lgan, ko‘plab ustoz-murabbiylar faoliyat yuritishadi. Ularning asosiy maqsadi o‘z sohasining malakali kadrlarini tayyorlash, yoshlarga keng imkoniyatlar yaratib berish va talabalarning iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lishi darkor.

O'zDSMI rektorining kun tartibi

Samimiy ruhda о‘tgan uchrashuvda madaniyat, san’at sohasining о‘ziga xos jihatlari haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar о‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarni olishdi.

O'zDSMI rektorining kun tartibi

image_pdfimage_print