1

O‘zDSMI rektori KAF fakulteti talabalariga dars mashg‘uloti o‘tkazdi hamda ularning muammolarini hal etish bo‘yicha topshiriqlar berdi

O‘zDSMI rektori KAF fakulteti talabalariga dars mashg‘uloti o‘tkazdi hamda ularning muammolarini hal etish bo‘yicha topshiriqlar berdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti 1-bosqich talabalariga dars mashg‘uloti o‘tkazdi.

Dars mashg‘uloti avvalida rektor ushbu soha egalari har taraflama boshqalarga namuna bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Qolaversa, institut ichki tartib-qoidalariga har bir talaba amal qilgan holda dars jarayonlarida o‘quv libosida odob-axloq me’yorlarini buzmasdan ishtirok etishi lozimligi aytib o‘tildi.

Ilmiy-amaliy dars mashg‘uloti davomida talabalar o‘zlari uchun kerali bo‘lgan bilim va ko‘nikmalardan boxabar bo‘lishdi. Qolaversa, ular o‘zlarini qiziqtirgan savollar va shikoyatlar yuzasidan javob olishdi.

Jumladan, talabalar tomonidan institut hududida joylashgan oshxonalarning xizmat darajasi ko‘ngildagidek emasligi, misol uchun, ovqatlar sifati va sanitariya-gigiyena qoidalariga to‘liq amal qilinmasligi borasida shikoyat qilindi. Rektor ushbu muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli xodimlarga ko‘rsatmalar berdi.

Ta’kidlash joizki, institut rektori fakultetning bir necha talabalari tomonidan ish topish bilan bog‘liq muammolarini hal qildi hamda ularni mavjud vakant o‘rinlarga muvofiq ishga qabul qilish bo‘yicha topshiriq berdi.