O‘zDSMI rektori talabalarning dars jarayoni bilan tanishdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev Kino, televediniye va radio san’ati hamda Teatr san’ati fakultetlarining talabalari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida institut rektori talabalarning dars jarayoni bilan tanishdi. Qolaversa, dars mashg‘ulotlari davomida talabalar tomonidan sahnalashtirilayotgan spektakllar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Ibrohim Yuldashev yosh yigit-qizlarning o‘qib-o‘rganish, ijodiy jarayonlarda faol ishtirok etishdan to‘xtab qolmasligi kerakligini ta’kidladi hamda ularning kelgusida tarix zarvaraqlaridan o‘rin oladigan asarlar yaratishiga ishonch bildirishini aytib o‘tdi.
Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar tilga olindi hamda talabalar bunday imkoniyatlardan unumli foydalanib, kelgusida yetuk soha vakillari bo‘lishi lozimligi bildirildi.
Qolaversa, talabalarda sodir bo‘layotgan muammo va kamchiliklar aniqlandi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.