O’zDSMI rektori talabalar turar joyini ko’zdan kechirdi

O'zDSMI rektori talabalar turar joyini ko'zdan kechirdi

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yuldashev boshchiligida institut rahbariyati 1-talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olishdi.

O'zDSMI rektori talabalar turar joyini ko'zdan kechirdi

O'zDSMI rektori talabalar turar joyini ko'zdan kechirdi

İnstitut rektori har bir xonaga tashrif buyurib, talabalar bilan bevosita muloqot qildi. Suhbat asnosida talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar haqida yosh yigit-qizlar o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tishdi. Tashrif davomida aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan talabalar turar joyidagi qulayliklarni yanada yaxshilash bo’yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

O'zDSMI rektori talabalar turar joyini ko'zdan kechirdi

Shuningdek, professor Ibrohim Yuldashev talabalarga ko’proq kitob mutolaa qilish kerakligini hamda axborot-texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmasini oshirish bo’yicha o’z tavsiyalarini berib o’tdi. Ma’lumot uchun, 1-talabalar turar joyida kutubxona tashkil etilgan bo’lib, hatto kechki payt ham istagan talaba u yerdagi o’quv qo’llanmalaridan bemalol foydalanishi mumkin.

O'zDSMI rektori talabalar turar joyini ko'zdan kechirdi

Bundan tashqari, talabalar turar joyida axborot-texnologiyalari xonasi ham mavjud bo’lib, xonadagi barcha kompyuterlar internet tarmog’iga ulangan.

image_pdfimage_print