OʻzDSMI rektori talabalar bilan dars mashgʻuloti oʻtkazdi

OʻzDSMI rektori talabalar bilan dars mashgʻuloti oʻtkazdi

Joriy yilning 17-fevral kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev tomonidan “Kitob tarixi” fanidan dars mashgʻuloti oʻtkazildi.
OʻzDSMI rektori talabalar bilan dars mashgʻuloti oʻtkazdi
Qiziqarli tarzda o‘tgan dars davomida mamlakatimiz kutubxonachilik fani rivojlanishining bosqichlari haqida eng muhim ma’lumotlar aytildi.
Alisher Navoiy siymosi, uning saxovat bobidagi ezgu ishlari va xalq manfaatlari yo‘lidagi xizmatlari haqida talabalar bilan mulohazalar qilindi.
OʻzDSMI rektori talabalar bilan dars mashgʻuloti oʻtkazdi
Ta’kidlandiki, kitob kishilarga insoniyat erishgan yutuqlarni bilish imkonini beradi, xalqlar oʻrtasidagi munosabatni, hamjihatlikni, oʻzaro mehr-oqibatni tiklaydi.
OʻzDSMI rektori talabalar bilan dars mashgʻuloti oʻtkazdi
Barkamol inson tarbiyasi, odamlar maʼnaviyati, madaniyati, odob-axloqi, bilim saviyasi, jamiyatda oʻziga xos oʻrinni egallashi faqat kitobdan olgan bilimiga bogʻliq. Shuningdek, dars davomida talabalarga Samarqand qog‘ozi xususida ham atroflicha fikr yuritildi.
OʻzDSMI rektori talabalar bilan dars mashgʻuloti oʻtkazdi

image_pdfimage_print