O‘zDSMI rektori MSMTEB talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev Xalq ijodiyoti fakulteti “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” yo‘nalishi 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida institut rektori talabalarni qiynayotgan muammolar bilan tanishdi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan topshiriq berdi.
Qolaversa, yosh-yigit qizlar tomonidan bildirilgan takliflar qabul qilindi hamda ular o‘rganib chiqilib, institut rivoji uchun tatbiq etilishi aytib o‘tildi.
Shuningdek, Ibrohim Yuldashev o‘quvchi yoshlardan talabalar turar joyidagi holat va ularga bo‘lgan munosabat haqida fikr almashdi.
O‘zDSMI rektori ilmga chanqoq yigit-qizlar o‘z shijoatini so‘ndirmasligi hamda ulkan marralar sari dadil qadam tashlashi kerakligini ta’kidladi. Shu bilan birga, har bir davr uchun zarurati bo‘lgan xorijiy tillarni o‘rganish masalasiga jiddiy yondashish lozimligi qayd etildi.