O‘zDSMI rektori magistratura talabalari bilan uchrashdi

O‘zDSMI rektori magistratura talabalari bilan uchrashdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yuldashev magistratura bosqichi talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida rektor talabalarning dars jarayonlari bilan tanishdi hamda ularni ilm-fan rivoji yo‘lida faol bo‘lishga chorladi.

O‘zDSMI rektori magistratura talabalari bilan uchrashdi

“Hozirda yurtimizda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tayotgan bo‘lsa, Toshkentda xalqaro kinofestival o‘tkazilmoqda. Sizlarning ham shunday katta tadbirlarda faol ishtirok etishingizni istardim.

O‘zDSMI rektori magistratura talabalari bilan uchrashdi

Institutimizga Bog‘chashahar universitetidan vakillar kelishdi. Biz o‘zaro hamkorlikni rivojlantiryapmiz. Ikki oliygohning ham bir-biridan o‘rganadigan jihatlari bisyor. Xalqaro aloqalar hech qachon zarar keltirmagan.

Dunyo mamlakatlari bilan madaniy aloqalar ham rivojlanib bormoqda. 80-yillar talabalik paytimiz shunday kinofestivallarga bora olmasdik, kechagi festivalning ochilish marosimida esa 560 nafar talabamiz ishtirok etdi, bu sizning yutug‘ingiz”, dedi Ibrohim Yuldashev.

Shuningdek, oliygoh rektori maqsad sari yetishish uchun mehnat qilish lozimligini ta’kidladi.

“Inson bir narsaga astoydil bel bog‘lasa, unga albatta, erishadi. Ilm — igna bilan quduq qazish, degani. Shaxsan o‘zim “bitik” so‘zining o‘zbek tilidan kelib chiqqani isbotlash uchun bir yil vaqtim ketgan. Safimizda fan doktorlari, dotsentlar ko‘paymoqda. Ertaga sizlar ham ularning safida bo‘lishingiz mumkin. Gazeta va jurnallarga maqola bering. Sizlar madaniyat va san’atni rivojlantiradigan avlodsizlar”, dedi O‘zDSMI rektori.

Qolaversa, Xalq ijodiyoti fakultetining yangi dekani Bahodir Usmonov hamda filologiya fanlari doktori, professor Ma’rufjon Yo‘ldoshev talabalar bilan ilmiy izlanishlarda faoliyat olib borishga zarur shart-sharoitlar hozirlanishini ta’kidladi.

O‘zDSMI rektori magistratura talabalari bilan uchrashdi

O‘zDSMI rektori magistratura talabalari bilan uchrashdi

Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

O‘zDSMI rektori magistratura talabalari bilan uchrashdi

O‘zDSMI rektori magistratura talabalari bilan uchrashdi

image_pdfimage_print