O’zDSMI rektori “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi talabalari va ustoz-murabbiylari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

O'zDSMI rektori “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi talabalari va ustoz-murabbiylari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldashev hamda ushbu ta’lim dargohining “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi talabalari va ustoz-murabbiylari o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida mamlakatimizda pedagog xodimlar va talaba yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlardan foylanish jarayonlari muhokama qilindi. Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar har jihatdan etuk mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida e’tirof etdi. Talabalar о‘zlari ilm olgan sohalari bо‘yicha yetuk kadrlar bо‘lishlariga umid bildirildi. Kelajak hayotlarida ilmiy izlanishlarini davom ettirib, mamlakatimiz ilmiy salohiyatiga katta hissa qо‘shishga chaqirildi.

O'zDSMI rektori “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi talabalari va ustoz-murabbiylari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

– Har bir dekan, kafedra mudirlari hamda tyutorlar talabalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi, ularning ta’lim olishi, ilm bilan shug‘ullanishi uchun sharoitlar yaratishga hamda ish bilan ta’minlanishiga katta ko‘mak berishi lozim, – dedi professor I.Yо‘ldashev. – Iqtidorli, iste’dodli talabalarni aniqlab, ularning turli tanlov va olimpiadalarda munosib ishtirok etishiga ko‘maklashish darkor. Institutning mas’ullari vatan oldidagi burchini dildan his qilib, kasbiga fidoyilik kо‘rsatgan holda har bir magistrga, talabaga о‘z farzandidek munosabatda bо‘lishi, ularga mehr kо‘rsatishi, har tomonlama qо‘llab-quvvatlashi kerak. Pedagoglar el-yurtga ma’rifat ulashib, ma’naviyat chashmasidan bahramand etib, odamlarning izzat-ikromiga sazovor bo‘lishi kerak. Eng muhimi, yoshlarning tarbiyasi moʻrtlashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Yoshlarning hayotda o‘z o‘rinlarini topishlarida ta’lim dargohimizda faoliyat olib borayotgan professor-о‘qituvchilarimiz, ustoz-murabbiylarimiz katta hissa qo‘shishlari kerak. Har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni shakllantirishda albatta, malakali, o‘z mutaxassisligini chuqur egallagan o‘qituvchilarning xizmati beqiyosdir. Endi, pedagogika sohasiga kirib kelayotgan yoshlarimiz ham ana shunday mehnatkash, fidoyi ustozlarimizdan soha sirlarini o‘rgansin va ulardan ibrat olsin.

O'zDSMI rektori “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi talabalari va ustoz-murabbiylari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Ta’kidlandiki, institut tomonidan yoshlarning intilishlarini, iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak eʼtirofga loyiq bo‘lishi lozim. “Ustoz-shogird” an’anasini keng miqyosda rivojlantirish orqali yosh ijodkorlarni bilimini kengaytirish hamda faoliyatini yanada takomillashtirish va rag‘batlantirishdan iborat.

Samimiy ruhda о‘tgan uchrashuvda madaniyat, san’at sohasining о‘ziga xos jihatlari haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar о‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarni olishdi.

image_pdfimage_print