O‘zDSMI rektori Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti talabalari bilan dars mashg‘uloti o‘tkazdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev Kutubxona-axborot faoliyati fakultetining 1-bosqich talabalari bilan dars mashg‘uloti o‘tkazdi.
Dars mashg‘uloti davomida institut rektori kitoblarning jamiyatda tutadigan o‘rni nihoyatda beqiyos ekanligini ta’kidladi va har bir inson kitoblar tarixi, tilimizdagi so‘zlarning kelib chiqishi va lug‘aviy ma’nosidan boxabar bo‘lishi lozimligini aytib o‘tdi.
Qolaversa, dars davomida iqtidorli talaba o‘zlari yozgan she’rlarini o‘qidi. Ibrohim Yuldashev adabiyot va jurnalistika sohasida iste’dodi bor yoshlarning ijod namunalari institut gazetasi nashr ettirilishini ta’kidladi.
Shuningdek, fakultet talabalarining amaliyot kunlarini qulay taqvim asosida shakllantirish topshirig‘i berildi. Shu bilan birga, mas’ul xodimlarga talabalik guvohnomasini belgilangan muddat ichida tayyor holga keltirish va egalariga yetkazish vazifasi belgilandi.