O‘zDSMI rektori KAF fakulteti talabalari bilan dars mashg‘uloti o‘tkazdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev Kutubxona axborot faoliyati fakulteti talabalari bilan ilmiy-amaliy dars mashg‘uloti o‘tkazdi.
Dars davomida oliygoh rektori kutubxonachilik tarixi, uning insoniyat oldida turadigan vazifalari, soha vakillarining jamiyat uchun qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida ma’ruza qildi.
Dars jarayoni ishtiyoqmand talabalarning mulohazalari bilan ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Ilmiy-amaliy dars mashg‘uloti davomida talabalar o‘zlari uchun kerali bo‘lgan bilim va ko‘nikmalardan boxabar bo‘lishdi. Qolaversa, ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.