1

O‘zDSMI rektori institutning Farg‘ona mintaqaviy filialiga tashrif buyurdi

O‘zDSMI rektori institutning Farg‘ona mintaqaviy filialiga tashrif buyurdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yuldashev O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialiga tashrif buyurdi.

Dastlab Ibrohim Jo‘rayevich yaqinda qurilib, foydalanishga topshirilgan talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, O‘zDSMI rektori ushbu filial xodimlari va talabalari bilan samimiy muloqot qilib, talabalarning ta’lim jarayoni haqidagi fikr-mulohazalari va qiziqishlarini tinglab, ularga muvaffaqiyat tiladi.

An’anaga muvofiq, mamlakatimizda yuqori su’ratda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy haraktiga munosib hissa qo‘shish maqsadida ezgu tilaklar ila mazkur oliygoh hududida ham ko‘chat o‘tqazildi.