O’zDSMI rektori institutda olib borilayotgan dars mashg’ulotlarini ko’zdan kechirdi

O'zDSMI rektori institutda olib borilayotgan dars mashg'ulotlarini ko'zdan kechirdi

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Jo’rayevich Yuldashev institutda olib borilayotgan dars mashg’ulotlari bilan bevosita tanishdi.

O'zDSMI rektori institutda olib borilayotgan dars mashg'ulotlarini ko'zdan kechirdi

Dastlab Xalq ijodiyoti fakulteti “Ashula va raqs” ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalarining dars mashg’uloti ko’zdan kechirildi. Professor Ibrohim Jo’rayevich talabalar bilan muloqoti davomida Alisher Navoiy asarlarining inson kamolotidagi o’rniga alohida to’xtalib o’tdi. Shuningdek Navoiy asarlarida ustozga bo’lgan hurmat, uning qadr-qimmatini joyiga qo’yish qay darajada mahorat bilan tasvirlanganini ham talabalarga misol tariqasida keltirib bundan bugun barcha talabalar o’rnak olishi kerakligini ta’kidladi. Muloqot davomida dars mashg’ulotlarining tashkil etilishi, o’quv xonalarining ozodaligi va talabalar o’rtasidagi kitobxonlik masalalar ham atroflicha muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ularga tegishli topshiriqlar berildi. Muloqot so’nggida ushbu guruh talabalari va ularning ota-onalari ishtirokida kitobxonlik kechasi o’tkazishga kelishib olindi.

O'zDSMI rektori institutda olib borilayotgan dars mashg'ulotlarini ko'zdan kechirdi

O'zDSMI rektori institutda olib borilayotgan dars mashg'ulotlarini ko'zdan kechirdi

O'zDSMI rektori institutda olib borilayotgan dars mashg'ulotlarini ko'zdan kechirdi

O'zDSMI rektori institutda olib borilayotgan dars mashg'ulotlarini ko'zdan kechirdi

Rektor Ibrohim Yuldashev dars mashg’ulotlarini ko’zdan kechirishni davom ettirib 1-bosqich “Animatsiya va multimediyaviy loyihalash” ta’lim yo’nalishi talabalarining dars mashg’uloti bilan tanishdi. Samimiy ruhda o’tgan muloqotda talabalar institut rektoriga o’z sohasi bo’yicha yaratgan animatsion ishlarini namoyish etishdi. Professor Ibrohim Jo’rayevich ushbu animatsion ishlarni yanada ko’paytirish, tarixiy siymolarimiz Mirzo Ulug’bek va uning rasadxonasi haqida, Alisher Navoiy va Boburning o’zaro munosabatlari va boshqa buyuk ajdolarimiz haqida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga, maktab o’quvchilari uchun animatsion filmlar yaratish bo’yicha tavsiyalar berdi. Ushbu filmlarni yaratish uchun institut rahbariyati tomonidan barcha sharoitlar yaratilishi, eng so’nggi rusumdagi kompyuterlar, zamonaviy texnikalar olib berilishini ta’kidladi. Talabalar ham ushbu tashabbusdan ruhlanib o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

O'zDSMI rektori institutda olib borilayotgan dars mashg'ulotlarini ko'zdan kechirdi

Ibrohim Jo’rayevich talabalar bilan mazmunli o’tgan uchrashuvlarda barcha talabalarni shijoatli bo’lishga chorladi. Ana shunda mamlakat rivojiga hissa qo’shadigan mutaxassislar bo’lib yetishishlari mumkin ekanligini ta’kidlab o’tdi. Buning yorqin misoli sifatida buyuk davlat va siyosat arbobi, dunyo tanigan sarkarda Amir Temur bobomizning “Ishbilarmon mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir” degan chuqur ma’noga ega so’zlarini keltirdi. Albatta “Uchinchi Renessans” tomon odimlayotgan mamlakatimizning kelajagi shijoatli va qat’iyatli yoshlar qo’lida desak aslo mubolag’a bo’lmaydi.

O'zDSMI rektori institutda olib borilayotgan dars mashg'ulotlarini ko'zdan kechirdi

O'zDSMI rektori institutda olib borilayotgan dars mashg'ulotlarini ko'zdan kechirdi

image_pdfimage_print