O‘zDSMI rektori institut talabasiga kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Zabarjad Media” nashriyoti tomonidan kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.
Ushbu yarmarka ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘ldi hamda o‘zbek va jahon adabiyotiga oid sara asarlar institutning kitobxon yoshlari tomonidan sotib olindi.
Shu bilan birga, oliygoh rektori v.b. Eldor Shermanov ham yarmarkaga tashrif buyurib, shaxsiy kutubxonasi uchun kitoblar xarid qildi. Qolaversa, institut rektori kitobsevar talabalardan biriga o‘z hisobidan badiiy asarlar to‘plamini sovg‘a qildi.
Qayd etish joiz, O‘zDSMIda muntazam ravishda kitob yarmarkalari o‘tkazib kelinmoqda.