O’zDSMI rektori Ege universiteti professori bilan uchrashdi

O'zDSMI rektori Ege universiteti professori bilan uchrashdi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev Turkiyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblangan Еge universitetining Adabiyot fakulteti, Turk tili va adabiyoti boʻlimi rahbari, professor Selami Fidokor bilan uchrashdi.

O'zDSMI rektori Ege universiteti professori bilan uchrashdi
O'zDSMI rektori Ege universiteti professori bilan uchrashdi

Mazkur ta’lim dargohi hududida ekilgan mevali va manzarali daraxtlar, turfa gullar mehmonning hayratini oshirdi. Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan yuksak samarali hamda juda xayrli ishlarga O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti jamoasi ham o‘zlarining munosib hissasini qo‘shayotgani e’tirof etildi. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi muhim o‘zgarishlar xususida fikr yuritildi.

Mehmon ta’lim dargohida talaba yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bu maskanda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi bilan yaqindan tanishdi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini taʼkidlab, ushbu jarayonlarda yangicha fikrlaydigan kadrlarga ehtiyoj yuqoriligini aytib o‘tdi.

Muloqot davomida mamlakatimizda pedagog xodimlar va talaba yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar, institut faoliyati, bu maskanda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar haqida ma’lumot berildi. Bu oliy ta’lim dargohida san’at, madaniyat sohalarining ilm yo‘lidagi mashaqqatli mehnat sirlaridan bahramand bo‘lgan, ko‘plab ustoz-murabbiylar faoliyat yuritishadi. Tomonlarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha mulohazalar bildirildi.

O'zDSMI rektori Ege universiteti professori bilan uchrashdi

Qayd etildiki, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkiya davlatini mushtarak til va tarix, oʻxshash madaniyat va anʼanalarga asoslangan yaqin doʻstlik hamda qardoshlik munosabatlari birlashtirib turadi. Mamlakatlarimiz oʻrtasida doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamlashda madaniy tadbirlar, turli festivallar muhim oʻrin tutadi. Turkiya madaniyati va sanʼati vakillari, turk amaliy sanʼati hamda folklori namoyandalari yurtimizda tashkil etilayotgan festivallarda muntazam ishtirok etmoqda.

O'zDSMI rektori Ege universiteti professori bilan uchrashdi

Tomonlar oʻrtasida talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvi, qoʻshma ilmiy loyihalarni tashkil etish, hamkorlikda qoʻshma dasturlarni amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib borildi. Har ikki muassasa oʻrtasida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan loyihalar toʻgʻrisida fikr almashildi.

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo iqtisodiy, fan-ta’lim madaniyat sohalaridagi hamkorlik aloqalari, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan yuksak samarali islohotlar, ajoyib oʻzgarishlar haqida so‘z yuritildi. So‘nggi yillarda yurtimizda mehnat bozori talabiga mos yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash borasida samarali islohotlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, mehmon institut kutubxonasining ishlash tartibi hamda faoliyatini o‘rganishdi. Kutubxonadagi sharoitlarni, qulayliklarni ko‘rib, bir olam zavq oldi.

O'zDSMI rektori Ege universiteti professori bilan uchrashdi

O‘zaro muloqot davomida ta’lim sohasida hamkorlik qilish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirishga yuborish, axborot hamda ilmiy ma’lumotlar almashish, ilmiy konferensiyalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish masalalari belgilandi.

Tadbir yakunida mehmonga tashrif va hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

image_pdfimage_print