O‘zDSMI rektori birinchi bosqich talabalariga mustaqillik darsi o‘tdi

O‘zDSMI rektori birinchi bosqich talabalariga mustaqillik darsi o‘tdi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 5-sentyabr kuni yangi o‘quv yili boshlandi. Bugun oliygohda bayram dasturi o‘tkazildi, shundan so‘ng o‘quv binolarida taniqli professor o‘qituvchilar va olimlar tomonidan birinchi bosqich talabalariga mustaqillik darslari tashkil etildi.

Shu jumladan, o‘quv teatrida institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev tomonidan birinchi bosqich talabalariga mustaqillik darsi o‘tkazildi.

O‘zDSMI rektori birinchi bosqich talabalariga mustaqillik darsi o‘tdi

“Bugungi kunda talaba bo‘lish barchaga ham nasib etavermaydi. Mening o‘zim oliygohga kirish uchun qancha mashaqqatlarni boshdan kechirganman. Avvallari tanish-bilishchilik degan narsalari yuqori edi. Hozirda esa unday emas, shunga qaramay, ko‘p yoshlar ijodiy imtihonlarda past ball to‘plashdi, bunga sabab, ular o‘qimay qo‘ygan. Biz ijodiy imtihonlarni shaffofligini ta’minlash maqsadida har bir xonaga ikkitadan kamera o‘rnatdik, ular orqali ota-onalar imtihonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda kuzatib borishdi.

Agar iste’dodingiz bo‘lsa, istalgan joyga o‘qishga kirishingiz mumkin. G‘afur G‘ulom bejizga “Taqdirni qo‘l bilan yaratur odam, G‘oyibdan kelajak baxt bir afsona!” deya ta’kidlamagan. Agarda o‘qishga kirgan taqdiringizda ham ilm olishda davom etmasangiz, hayotda o‘z o‘rningizni topolmasligingiz mumkin. Hozirdan o‘z oldingizga maqsad qo‘ying.

O‘zDSMI rektori birinchi bosqich talabalariga mustaqillik darsi o‘tdi

Mana misol, Ibrat oddiy qishloq farzandi bo‘la turib, to‘qqiz tilni yod bilgan hamda dunyo kezgan. Navoiy bobomiz “Muhokamat ul Lug‘atayn” asarida “O‘zbeklar zakiy insonlarki, til bilish qobiliyati kuchli. Ular boshqa tilda so‘zlasa ham o‘zga millat vakili ekanligini birov payqamaydi” deb yozgan.

Forobiy “Ilm bilan shug‘ullanmoq farog‘atlidir”, deya ta’kidlagan. Kelgusida yetuk mutaxassis bo‘laman desangiz, hozirdan harakat qilishingiz lozim.

“Vatan — sajdagoh kabi muqaddas. Biz insonlarning yuraklariga malham bo‘ladigan soha vakillarimiz. Buning uchun ko‘proq o‘qishimiz kerak. Kutubxonamizdan nodir asarlar o‘rin olgan. Qolaversa, yotoqxonalarda ham kutubxona tashkil etganmiz. Kitob o‘qigan talabaga ko‘plab imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, ular bepul qahva ichishlari, biz keltirgan velosipedlarda institut hududida sayr qilishi mumkin. Qolaversa, eng ko‘p kitob o‘qigan talabalar bir oy davomida institut hududidagi basseynga bepul tashrif buyurishi mumkin bo‘ladi.

Yotoqxonalarning narxini oshirmadik. Oylik to‘lov 225 ming so‘mligicha qoldi.

O‘zDSMI rektori birinchi bosqich talabalariga mustaqillik darsi o‘tdi

San’at va madaniyat instituti o‘z imiji, kiyinish odobi bilan boshqa oliygohlardan ajralib turishi kerak. Dunyoviy ilm o‘chog‘ida dunyoviy kiyinish shart.

O‘zDSMI rektori birinchi bosqich talabalariga mustaqillik darsi o‘tdi

“Jannat bog‘laridan yer yuziga sahovatpeshalik va havas daraxtinig shoxlari egilib turadi. Kimki uning shoxlaridan tutsa, jannatga boradi. Jahannamdan esa hasad va baxillik daraxtinigg shoxlari egilib turadi. Kimki uni tutsa, o‘sha kishini do‘zaxga olib boradi”, deb bejizga aytishmagan. Har birimiz saxovatpesha bo‘lishimiz darkor. Saxovat faqat pul bilan emas, so‘z bilan ham amalga oshiriladi.

O‘zDSMI rektori birinchi bosqich talabalariga mustaqillik darsi o‘tdi

Har biringiz yetuk ilm egallab, ajdodlarga munosib avlod bo‘lishga harakat qiling. Barchangizga muvaffaqiyat tilayman!” dedi Ibrohim Yuldashev.

O‘zDSMI rektori birinchi bosqich talabalariga mustaqillik darsi o‘tdi

O‘zDSMI rektori birinchi bosqich talabalariga mustaqillik darsi o‘tdi

O‘zDSMI rektori birinchi bosqich talabalariga mustaqillik darsi o‘tdi

O‘zDSMI rektori birinchi bosqich talabalariga mustaqillik darsi o‘tdi

O‘zDSMI rektori birinchi bosqich talabalariga mustaqillik darsi o‘tdi

O‘zDSMI rektori birinchi bosqich talabalariga mustaqillik darsi o‘tdi

Dars davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi. Qolaversa, rahbariyat tomonidan institutning ichki tartib-qoidalari kodeksi haqida tushuncha berildi.

O‘zDSMI rektori birinchi bosqich talabalariga mustaqillik darsi o‘tdi

O‘zDSMI rektori birinchi bosqich talabalariga mustaqillik darsi o‘tdi

image_pdfimage_print