1

OʻzDSMI rahbariyati talabalarning dars jarayonlarini koʻzdan kechirdi

OʻzDSMI rahbariyati talabalarning dars jarayonlarini koʻzdan kechirdi

Bugun Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rahbariyati kafedralar faoliyati hamda talabalarning dars jarayonlari bilan tanishdi. Jumladan, oliygoh rektori, professor Ibrohim Yuldashev “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasiga tashrif buyurdi hamda kafedraning yutuqlari va bugungi kunda amalga oshirayotgan vazifalari haqida fikr bildirdi.

Shuningdek, institut prorektorlari, dekanlar, yuriskonsult, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi, taʼlim inspeksiyasi, oʻquv boʻlimi xodimlari talabalarning dars jarayonini koʻzdan kechirdi. Yosh yigit-qizlar bilan kechgan suhbat jarayonida ularning darslardagi ishtiroki, qiziqishlari, taklif va muammolari oʻrganildi.

Institut rahbariyati tomonidan talabalar uchun barcha sharoitlarni yaratib berishi, ulardan esa faqatgina zarur bilimlarni oʻzlashtirib, ushbu koʻnikmalarni oʻz sohasida qoʻllay olishi lozimligi taʼkidlab oʻtildi.