1

O‘zDSMI rahbariyati “Saroy javohiri” serialini tasvirga olgan teleradiokompaniya faoliyati bilan tanishdi

O‘zDSMI rahbariyati "Saroy javohiri" serialini tasvirga olgan teleradiokompaniya faoliyati bilan tanishdi

24-oktabr kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati Seul shahridagi Munhwa Broadcasting Corporation (MBC) teleradiokompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.

Qayd etish joiz, Sungshin universiteti ushbu tashkilot bilan hamkorlik qiladi. Ushbu oliygoh talabalari mazkur teleradiokompaniyada amaliyot olib boradi.

O‘zDSMI rektori, professor Ibrohim Yuldashev va Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori Eldor Shermanov kompaniya hududida joylashgan tasvirga olish studiyalari, maxsus jihozlangan xonalar hamda xodimlarning ish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Qolaversa, MBC rahbariyati bilan uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlik qilish masalalari kelishib olindi.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonliklar uchun mashhur bo‘lgan “Saroy javohiri” nomli koreys seriali MBC kinopavilonlarida suratga olingan. Shuningdek, institut rahbariyati ushbu pavilonlarda yangi filmlarning tasvirga olish jarayonlarining ham guvohi bo‘lishdi.