O’zDSMI rahbariyati dars mashg’ulotlarini ko’zdan kechiridi

O'zDSMI rahbariyati dars mashg'ulotlarini ko'zdan kechiridi

Joriy yilning 12-may kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev talabalarning darslarga qatnashishini, ularning tartib-intizomini, kunlik davomati xususidagi ma’lumotlarni o‘rganish maqsadida erta tongdan mazkur ta’lim dargohining Xalq ijodiyoti fakulteti va Kutubxona-axborot faoliyati fakultetlariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida professor Ibrohim Jo’rayevichga institut rahbariyatining barcha vakillari hamrohlik qildi.

O'zDSMI rahbariyati dars mashg'ulotlarini ko'zdan kechiridi

Professor Ibrohim Yо‘ldoshev tomonidan professor-о‘qituvchilarga, dekan va dekan o‘rinbosarlariga, kafedra mudirlariga, ustoz-murabbiylarga hamda tyutorlarga institutda о‘rnatilgan ichki tartib qoidalariga amal qilmayotgan talabalarning ota-onalari bilan alohida suhbatlar o‘tkazilishi kerak, ekanligi ta’kidlandi. Talabalardagi mavjud muammolarni o‘rganib, tezkorlik bilan hal etish lozimligi aytildi.

O'zDSMI rahbariyati dars mashg'ulotlarini ko'zdan kechiridi

Qayd etildiki, hozirgi kunda o‘qituvchilar oldiga juda ko‘p vazifalar qo‘yilmoqda. Chunki har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni yetishtirish uchun albatta malakali, o‘z mutaxassisligini chuqur egallagan o‘qituvchilar zarur. Ana shunday pedagoglardan biri “Jahon tillari va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchi Dilfuza Abduxoliqova bo‘lib, uning “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi 1-bosqich talabalari uchun o‘tayotgan dars jarayoni namunali tarzda tashkil qilingani e’tirof etildi. “Kutubxona fondlari va bibliografiyashunoslik” kafedrasi o‘qituvchi Nilufar Ro‘ziyeva ham 3-bosqich talabalarining intilishlari, qiziqishlari va psixologiyasiga qarab dars usullaridan foydalanayotgani ta’kidlandi. Buning uchun o‘qituvchidan juda katta mahorat, bilim va intilish talab etilishi aytildi. Darslarni sifatli tashkil etmagan ba’zi pedagoglarga ana o‘qituvchilardan o‘rnak olishi, kerakligi e’tirof etildi.

Ta’kidlandiki, bugungi kun talabasini qoyil qoldirish ancha mushkul. Shuning uchun pedagog tinib-tinchimasligi, innovatsion, noan’anaviy, interaktiv dars usullarini muntazam o‘qib va o‘rganib borishi hamda o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq qila olishi zarur. O‘qituvchi dars jarayonida talabalarning badiiy, estetik, mantiqiy va ma’naviy rivojlanishiga alohida e’tibor berishi kerak. Yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, keng dunyoqarash, chuqur bilimga ega bo‘lgan tashabbuskor, shijoatli yoshlarning faolligini yanada oshirish hamda ular safini kengaytirish masalasi ustoz-murabbiylardan yuksak kasbiy mahoratni talab etadi.

O'zDSMI rahbariyati dars mashg'ulotlarini ko'zdan kechiridi

O'zDSMI rahbariyati dars mashg'ulotlarini ko'zdan kechiridi

O'zDSMI rahbariyati dars mashg'ulotlarini ko'zdan kechiridi

O'zDSMI rahbariyati dars mashg'ulotlarini ko'zdan kechiridi

Professor Ibrohim Yо‘ldoshev tashrifi davomida yoshlarga berilayotgan eʼtibor, ularga yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi hamda talabalarni qiziqtirayotgan savollariga javob berdi. Institut talabalarini ish bilan ta’minlash ustuvor vazifa ekanini alohida qayd etib, ta’lim dargohida tahsil olayotgan yoshlarni ishga joylashtirish uchun barcha choralarni ko‘rish, talabalarning qiziqishi, istaklari va qobiliyatini o‘rganish asosida ularni tashkilot va idoralarga yo‘naltirish lozimligini ta’kidladi.

O'zDSMI rahbariyati dars mashg'ulotlarini ko'zdan kechiridi

– Talabalar turar joyimizda sharoitlar kunga-kunga yanada yaxshilanmoqda. Yotoqxonamizga keltirilgan qo’shimcha muzlatgichlar, zamonaviy dazmollar va so’nggi rusumdagi kompyuterlar bizning yashash sharoitimizni yanada yaxshiladi, – deydi 3-bosqich talabasi Madina Jumanazarova.

O'zDSMI rahbariyati dars mashg'ulotlarini ko'zdan kechiridi

– Institutimizda ko’plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Har oyda doshqozonda osh damlanib talabalarga tarqatilmoqda. Albatta bu yuksak e’tibordir. Biz yoshlar ana shu e’tiborga loyiq bo’lib, ustozlarimizning о‘gitlaridan, ular bosib о‘tgan boy hayotiy tajribalaridan о‘rnak olib, bor shijoati, imkoniyatini safarbar etgan holda, ilm sir-asrorlarini mustahkam egallab, ota-onamizni yuzini yorug’ qilishga va jonajon Vatanimizning ravnaqi yо‘lida tinmay harakat qilamiz, – deydi Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti talabasi Feruza Davlatova. – Mamlakatimizning kelajagi bugun kamolga yetayotgan yoshlar qo‘lida. Shu bois, institutimizda yoshlarning intilishlarini, iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash borasida samarali ishlar bajarilmoqda. Institut rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan maqsadli saʼy-harakatlar nafaqat taʼlim borasida, balki oliygohda taʼlim olayotgan yoshlarning talabalar turar joyidagi qulayliklar, ular uchun yaxshi sharoitlar yaratib berishga ham qaratilmoqda.

O'zDSMI rahbariyati dars mashg'ulotlarini ko'zdan kechiridi

O'zDSMI rahbariyati dars mashg'ulotlarini ko'zdan kechiridi

image_pdfimage_print