O’zDSMI prorektori Navro’z bayramiga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi

O'zDSMI prorektori Navro'z bayramiga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2022-yil 30-mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan “Navro‘z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha samarali ishlar bajarilmoqda.

Mazkur tantanali marosimda madaniy tadbirlarni, xalq o‘yinlarini o‘tkazish bilan bir qatorda, dasturxonda milliy taomlar, ko‘k somsa, chuchvara, halim, sumalak, shirmoy non va shirinliklar, turli noz-ne’matlar tortiq etiladi. Shuningdek, “Eng yaxshi monografiya muallifi”, “Eng yaxshi darslik muallifi”, “Eng yaxshi o‘quv qo‘llanma muallifi”, “Eng yaxshi uslubiy qo‘llanma muallifi”, “Eng yaxshi xorijiy maqola muallifi”, “Maqollariga eng ko‘p iqtibos olgan muallif”, “OAK e’tirof etgan jurnallardagi eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi spektakl rejissori”, “Eng yaxshi musiqiy asar muallifi va ijrochisi”, Eng faol ilmiy rahbar (magistratura, doktorantura) kabi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari e’lon qilinadi va taqdirlanadi.

O'zDSMI prorektori Navro'z bayramiga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi

O'zDSMI prorektori Navro'z bayramiga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi

O'zDSMI prorektori Navro'z bayramiga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi

Qolaversa, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-о‘qituvchilari, ushbu dargohda faoliyat olib borayotgan “О‘zbekiston xalq artisti”, “О‘zbekiston xalq hofizi”, “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist” faxriy unvonlari sohiblari, iqtidorli talabalari tomonidan chin insoniy fazilatlar, ezgulik, odamiylik, mehr va sadoqatni tarannum etuvchi qo‘shiqlar, mumtoz ashulalar ijro qilinadi.

O'zDSMI prorektori Navro'z bayramiga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi

O'zDSMI prorektori Navro'z bayramiga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi

O'zDSMI prorektori Navro'z bayramiga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi

Darvoqe, Navro‘z eng ulug‘ qadriyatlarimizdan biri sifatida qalblarimiz va ongu-shuurimizdan mustahkam o‘rin olgan. U ko‘hna olamning qayta yasharishi va yangilanishining betakror timsoliga, qolaversa, xalqimizning aziz va ezgu bayramlaridan biriga aylangan. Navro‘z kuni qir-adirlarda kurash, ko‘pkari kabi musobaqalarning o‘tkazilishi ushbu ayyomga o‘zgacha mazmun baxsh etadi. Bayram arafasida va bayram kunlari yetti yoshdan yetmish yoshgacha barcha bir-biriga mehr-muruvvat ko‘rsatishi, dehqonlarimiz yaxshi niyat bilan yerga urug‘ qadashi, otaxonlarimiz nabiralari, farzandlari bilan ko‘chat ekishi, obodonlashtirish ishlari avj olishi ham ezgulikka qaratilgan.

image_pdfimage_print