1

O‘zDSMI o‘z kinopavilonini qurishni rejalashtirilmoqda

O‘zDSMI o‘z kinopavilonini qurishni rejalashtirilmoqda

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti talabalari bilan davra suhbati o‘tkazdi.

Suhbat davomida talabalarning xorijiy tillarini o‘rganishi orqali keng imkoniyatlarga ega bo‘lishi hamda jahon tajribalarini o‘rganishga yo‘l ochilishi aytib o‘tildi. Shu bilan birga, kafedra o‘qituvchilari va fakultet talabalarining xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishi uchun imkoniyatlar yaratilishi yana bir bor ta’kidlandi. Jumladan, vokal sohasida Italiya bilan hamkorlik qilish masalalari o‘rganib chiqilayotgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, kelgusida filmlar suratga olish uchun institut hududining o‘zida kinopavilon qurilishi rejalashtirilayotgani ta’kidlab o‘tildi. Qolaversa, tez orada butun institut hududini bepul internet bilan ta’minlash ishlari olib borilayotgani aytildi.

Bundan tashqari, talabalar o‘rtasida ijtimoiy roliklar tanlovi tashkil etilishi hamda g‘oliblar rag‘batlantirilishi bildirildi.

Uchrashuv so‘ngida talabalarning taklif va muammolari o‘rganildi hamda kamchiliklarni bartaraf etish va o‘rinli takliflarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul xodimlarga topshiriq berildi.