О‘zDSMI magistranti Xalqaro tanlovning biryо‘la ikkita mukofoti sovrindori

О‘zDSMI magistranti Xalqaro tanlovning biryо‘la ikkita mukofoti sovrindori
30 dan ortiq xalqaro festivallar g‘olibi. Yaqinda Qozog‘istonning Almati shahrida о‘tkazilgan “48 Hour film race” festivalining biryо‘la ikkita mukofoti sovrindori.
О‘zDSMI magistranti Xalqaro tanlovning biryо‘la ikkita mukofoti sovrindori
Bu О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti “Kino, televideniye va radio rejissyorligi” kafedrasi 1- bosqich magistranti, yosh rejissyor Shokir Xoliqovning erishgan yutuqlari.

О‘zDSMI magistranti Xalqaro tanlovning biryо‘la ikkita mukofoti sovrindori
Shokir Xoliqov boshchiligidagi о‘zbekistonlik yosh kinoijodkorlar tomonidan ishlangan qisqa metrajli “Messi”filmi biryо‘la ikkita mukofot “48 Hour film race” festivalining “Eng yaxshi film” hamda “Eng yaxshi drama” nominatsiyalari bо‘yicha g‘olib deb topilib, Nyu-York kinoakademiyasiga о‘qish uchun yо‘llanma, diplom hamda statuetka bilan taqdirlandi.
О‘zDSMI magistranti Xalqaro tanlovning biryо‘la ikkita mukofoti sovrindori
Aytish joizki, xalqaro kinofestivalda qatnashish uchun 500 dan ziyod film kelib tushgan va ularning 48 tasi tanlovda ishtirok etgan.
О‘zDSMI magistranti Xalqaro tanlovning biryо‘la ikkita mukofoti sovrindori
Shularning ichidan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Kino, televideniye va radio rejissyorligi” kafedrasi 1- bosqich magistranti Shokir Xoliqov boshchiligidagi ijodiy jamoa tomonidan 48 soat vaqt ichida ishlangan “Messi” filmi g‘olib deb topilgan.
О‘zDSMI magistranti Xalqaro tanlovning biryо‘la ikkita mukofoti sovrindori
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev bugun ushbu diplom hamda statuetkalarni Shokir Xoliqovga tantanali ravishda topshirdi.
О‘zDSMI magistranti Xalqaro tanlovning biryо‘la ikkita mukofoti sovrindori
О‘z iste’dodi, qobiliyatini namoyon eta olgan, institut faxri bо‘lgan Shokir Xoliqovning magistraturadagi kelgusi о‘qishi, ijodiy faoliyatiga muvoffaqiyatlar tiladi.
О‘zDSMI magistranti Xalqaro tanlovning biryо‘la ikkita mukofoti sovrindori
Yosh iqtidor sohibi Shokir Xoliqovga Qozog‘istonlik soha xodimlari tomonidan yaqinda hamkorlik bо‘yicha taklif tushgan edi.
О‘zDSMI magistranti Xalqaro tanlovning biryо‘la ikkita mukofoti sovrindori
U qisqa metrajli filmlar ssenariysi tanloviga (Pitching) о‘z ssenariysini jо‘natdi.Uning ssenariysi tanlovga qabul qilindi. Oldinda esa ushbu tanlovda g‘oliblikni qо‘lga kiritish, Nyu-York kinoakademiyasida о‘qish singari yangi marralar.
Magistrantimizga kelgusi ijod, ilhom, izlanishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print