O‘zDSMI Kengashining 8-sonli yig‘ilishida institut o‘qituvchisi professor ilmiy unvoni bilan taqdirlandi

O‘zDSMI Kengashining 8-sonli yig‘ilishida institut o‘qituvchisi professor ilmiy unvoni bilan taqdirlandi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Kengashining 8-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari va boshqalar ishtirok etdi.

Anjuman avvalida “Qo‘g‘irchoq teatri san’ati” kafedrasi o‘qituvchisi Maryam Ashurova professor unvoni bilan, qolaversa, “Universiada” sport o‘yinlarining saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan talabalarimiz institut rahbariyati tomonidan diplom bilan taqdirlandi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Farmoyishlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va bayoni, Vazirliklarning buyruqlari va topshiriqlari ijrosi; institut xotin-qizlari Kengashi raisi tomonidan olib borilayotgan ishlar; oliygohning 2022-yildagi moliyaviy xo‘jalik faoliyati va moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jarayoni; Muhammad Yusuf hayoti va ijodini o‘rganish, targ‘ib qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar; institutda tijoratlashtirish bo‘yicha bajarilgan yumushlar to‘g‘risida hisobot va axborotlar tinglandi.

Bundan tashqari, ilmiy unvon olish uchun Oliy attestatsiya komissiyasiga hujjatlarini yuborish, Magistratura mutaxassisligi talabalari uchun chet tilini o‘qitish to‘g‘risida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor S.Jumayev hamda oliy talim muassasi professor-o‘qituvchilari tomonidan yozilgan adabiyotlarni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashda ko‘rib chiqish uchun yuborish va monografiyalarni chop qilishga tavsiya etish to‘g‘risida O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i A.O‘rozov axboroti tinglandi.

image_pdfimage_print