1

O‘zDSMI Kengashining 7-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zDSMI Kengashining 7-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Kengashining 7-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari va boshqa xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida:

– О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Farmoyishlari va topshiriqlari, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va bayoni, Vazirliklarning buyruqlari va topshiriqlari ijrosining bajarilishi tо‘g‘risida;
– 2022/2023-о‘quv yili birinchi yarim yillik yakunlari tо‘g‘risida;
– Institut axborot-resurs markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va axborot-resurs markazida professor-о‘qituvchilarning maqolalari bazasini tashkil etish holati to‘g‘risida;
– Institutda ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida kabi masalalar bo‘yicha hisobotlar tinglandi.

Shuningdek, erkin tadqiqotchilarning PhD dissertatsiyasi mavzusinilarini tasdiqlash bo‘yicha Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektor S.Jumayev ma’lumot berdi.

Bundan tashqari, institut professor-o‘qituvchilari tomonidan yozilgan adabiyotlarni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengashda ko‘rib chiqish uchun yuborish va monografiyalarni chop qilishga tavsiya etish to‘g‘risida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Nurullayev axboroti o‘qib eshittirildi.

Qayd etish joiz, “Sahna nutqi” kafedrasi о‘qituvchisi M.Yo‘ldoshev dotsent ilmiy unvoniga loyiq ko‘rildi.

Bundan tashqari, kafedralararo qo’shma kollegial organ tuzish masalasi ko’rib chiqilib, tasdiqlandi.