1

O‘zDSMI Kengashining 5-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zDSMI Kengashining 5-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Kengashining 5-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati, oliygohning mintaqaviy filiali vakillari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari va boshqa xodimlar ishtirok etishdi.

Dastlab institut rektori v.b Eldor Shermanov yaqinlashib kelayotgan 2023 yil bilan barchani muborakbod etdi. Shu bilan birga, joriy yilda amalga oshirilgan samarali ishlar kelgusi yilda yanada rivoj topishi yo‘lida birdamlikda harakat qilish lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, turli darajadagi ilmiy unvonlar sohibi bo‘lgan o‘qituvchilar taqdirlandi. Qolaversa, joriy yilda samarali faoliyat ko‘rsatgan hamda ko‘plab ilmiy maqolalar chop ettirgan o‘qituvchilar e’tirof etildi.

Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar to‘g‘risida hisobotlar tinglandi:

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Farmoyishlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va bayoni, Vazirliklarning buyruqlari va topshiriqlarining bajarilish holati;
– Kafedra professor-o‘qituvchilarining Scopus va Sciense Direct xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanishi va impakt-faktorga ega jurnallarda ilmiy maqolalar chop ettirishi, ilmiy-ijodiy ishlanmalarni tijoratlashtirish borasida olib borayotgan ishlari;
– Tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul natijalari;
– Oliy ta’lim muassasalari milliy reytingini aniqlash bo‘yicha belgilangan talablarning O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti mintaqaviy filiallari tomonidan bajarilishi;
– O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti kafedralaridagi mavjud bo‘sh-vakant o‘rinlarga “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining 2022-yil 25-noyabrdagi 45-sonida berilgan tanlov borasida amalga oshirilgan ishlar;
– Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan yozilgan adabiyotlarni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengashda ko‘rib chiqish uchun yuborish va monografiyalarni chop qilishga tavsiya etishga oid amalga oshirilgan ishlar.