O‘zDSMI kengashining 3-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti kengashining 3-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish avvalida Tojikiston davlat sa’nat institutida Maqom san’ati bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazgan institut o‘qituvchisi Ahmadjon Dadaboyev qo‘shni mamlakat oliygohi tomonidan O‘zDSMI rektoriga bildirilgan tashakkurnomani filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yuldashevga taqdim etdi.
Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Eldor Shermonov Janubiy Koreyaning Sungshin universitetiga tashrif tafsilotilari haqida hisobot berdi.
Shuningdek, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri Dilnoza Jumayevaga dotsent unvoni topshirildi.
Kengash yig‘ilishida Prezident Farmonlari, topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va topshiriqlarining bajarilishiga oid amalga oshirilgan ishlar aytib o‘tildi, qolaversa, kafedra o‘qituvchilarining ilmiy faoliyati tahlil qilindi.
Bundan tashqari, 2022/2023 o‘quv yili uchun 1-bosqich talabalarini qabul qilish yakunlari bo‘yicha hisobotlar bildirildi.