1

O‘zDSMI kelgusida o‘z nashriyotini ochishni rejalashtirmoqda

O‘zDSMI kelgusida o‘z nashriyotini ochishni rejalashtirmoqda

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida kutubxonada mavjud adabiyotlar ko‘zdan kechirildi. Ba’zi o‘quv qo‘llanmalarining sifat darajasi tahlil qilindi hamda endilikda kitoblar nashriyotga berilishidan avval kutubxona nazoratidan o‘tkazilishi, shu orqali professor-o‘qituvchilar va talabalarni sifatli o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlashi aytib o‘tildi. Shu bilan birga, elektron kutubxonani ommalashtirish lozimligi ta’kidlandi. Qolaversa, o‘quv-qo‘llanmalar hajmini yo‘nalishlar talabiga moslashtirgan tarzda chop etish masalasi ilgari surildi.

Bundan tashqari, kelgusida institutning o‘z nashriyotiga ega bo‘lishi borasida ishlar amalga oshirilishi haqida ma’lum qilindi. Shu orqali, professor-o‘qituvilarning qo‘llanma, monograf va boshqa asarlari, shuningdek, talabalarning ijodiy ishlari nashr ettirilishi aytildi.