O’zDSMI jamoasining Yashnobod tumanidagi maktablarda amalga oshiradigan ishlari muhokama qilindi

O'zDSMI jamoasining Yashnobod tumanidagi maktablarda amalga oshiradigan ishlari muhokama qilindi

Joriy yilning 7-aprel kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar, tajribali olimlar, amaliyotchilar, tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev tomonidan joriy yilning 28-yanvar kuni Prezidentimiz raisligida maktab ta’limini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan muhim vazifalar, oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan ijobiy hamda samarali o‘zgarishlar, bu borada О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti faoliyati oldida turgan muhim ishlar xususida so‘z yuritildi.

O'zDSMI jamoasining Yashnobod tumanidagi maktablarda amalga oshiradigan ishlari muhokama qilindi

Yig‘ilish davomida ta’kidlandiki, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti pedagogik jamoasi orasidan shakllantirilgan ishchi guruhi a’zolari poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 39 ta umumta’lim maktabida taʼlim sifatini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oʻrganadi va maktab pedagoglariga amaliy-uslubiy yordam koʻrsatadi. Oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga va metodik qoʻllab-quvvatlashga katta ko‘mak beradi.

Hamkorlik doirasida oʻquvchi va oʻqituvchilar bilan ochiq muloqotlar tashkil etiladi. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash mexanizmlariga jiddiy ahamiyat qaratiladi. Bolalarga milliy cholg‘u asboblarini chalish bo‘yicha saboq beradigan o‘qituvchilarning hamda ta’lim muassasalarida qo‘shimcha tashkil etilgan mavjud musiqa to‘garaklari faoliyati o‘rganiladi. Taʼlim sifati va oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish hamda metodik qoʻllab-quvvatlash borasida samarali vazifalar bajariladi. Ta’lim berish samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan xalqaro tajribalar e’tirof etiladi. Ta’lim muassasasiga tashrif buyurgan har bir pedagog xodim yoshlarning ta’lim tarbiyasi, darslardagi, mashg‘ulotlardagi ishtirokiga jiddiy ahamiyat qaratadi. Pedagogik jamoa a’zolari o‘z kasblariga nisbatan fidoyilik xislatini yanada oshirishga harakat qilishadi.

O'zDSMI jamoasining Yashnobod tumanidagi maktablarda amalga oshiradigan ishlari muhokama qilindi

O'zDSMI jamoasining Yashnobod tumanidagi maktablarda amalga oshiradigan ishlari muhokama qilindi

Maktablarda ta’lim sifatini oshirishdan asosiy maqsad bu albatta barcha fanlardan o’quvchilarga puxta bilim berishdir. Shuni inobatga olgan holda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi Ona tili, Adabiyot fanlaridan, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi Tarix, tarbiya, huquqshunoslik, “Axborot texnologiyalari” kafedrasi Informatika, “Jahon tillari va adabiyoti” kafedrasi Ingliz tili hamda rus tili fanlaridan institutga biriktirilgan maktablarda mahorat darslari tashkil etishi belgilab olindi.

O'zDSMI jamoasining Yashnobod tumanidagi maktablarda amalga oshiradigan ishlari muhokama qilindi

Makatablarda yana bir masala bu ijtimoiy-ma’naviy muhit masalasi ham atroflicha muhokama qilindi. Bunda maktab hududining toza va ozodaligi, o’quvchilarning gigiyena qoidalariga qanchalik rioya qilayotganligi ham o’rganilishi va aniqlangan kamchiliklar bo’yicha kerakli choralar ko’rish, maktab jamoasiga bu borada eng ilg’or tajribalarni yetkazish kabi vazifalar belgilab olindi Qayd etildiki, so‘nggi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha juda muhim vazifalar bajarilmoqda. Chunki ta’lim berish sifatining ortishi salohiyatli kadrlar yetishtirib chiqarishda muhim omil hisoblanadi. Shu bois ushbu tizim amaliyotga joriy etilayotgani e’tirof etildi.

image_pdfimage_print