O’zDSMI jamoasi Sergeli tumanidagi 47-umumtaʼlim maktabida tashrif buyurdi

O'zDSMI jamoasi Sergeli tumanidagi 47-umumtaʼlim maktabida tashrif buyurdi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ijodiy jamoasi poytaxtimizning Sergeli tumanidagi “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 47-umumtaʼlim maktabida tashrif buyurishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘iga asosan o‘tkazilayotgan “Porloq kelajakka qadam – mening mahallam bilan!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy va harbiy vatanparvarlik ruhida tashkil etilgan tadbir O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining milliy qo‘shiqchilik kafedrasi dotsenti, professor Аhmadjon Dadayev badiiy rahbarligi ostida faoliyat ko‘rsatayotgan “Sayqal” ansambli vakillarining bir biridan ajoyib musiqalari bilan boshlandi.

O'zDSMI jamoasi Sergeli tumanidagi 47-umumtaʼlim maktabida tashrif buyurdi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-о‘qituvchilari, ushbu dargohda faoliyat olib borayotgan “О‘zbekiston xalq artisti”, “О‘zbekiston xalq hofizi”, “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist” faxriy unvonlari sohiblari, iqtidorli talabalari tomonidan chin insoniy fazilatlar, ezgulik, odamiylik, mehr va sadoqatni tarannum etuvchi qo‘shiqlar, mumtoz ashulalar aytildi. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining ko‘rgazmali chiqishi bo‘lib o‘tdi.

Bayramona kechada mahalla faollari, hududdagi tashkilot, korxona, muassasalar mutasaddilari, o‘quv muassasalari direktorlari, mehnat faxriylari, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar vakillari, uyushmagan yoshlar, ehtiyojmand ayollar, keksa va nuroniylar jam bo‘lishdi.

Tadbir davomida ta’kidlanganidek, xonandalarimiz tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlarning har bir satrida shukronalik kayfiyati ufurib turdi. Ba’zi qo‘shiqlarda xalqimizga xos olijanoblik, mehmondo‘stlik, beg‘uborlik, samimiylik taʼriflandi. Yoshlarimiz bularni dildan his qilib, teran idrok etishmoqda. Bunday tadbirlar yoshlarimizni maʼnaviy jihatdan sog‘lom qilib voyaga yetkazish, Ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, avvalo, ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni yanada kuchaytirish, milliy o‘zligimiz hamda dunyoni chuqur anglaydigan insonlar bo‘lib ulg‘ayishida muhim o‘rin tutadi.

O'zDSMI jamoasi Sergeli tumanidagi 47-umumtaʼlim maktabida tashrif buyurdi

Xonanda-yu, sozandalarning har bir chiqishlari tomoshabinlarning gulduros qarsaklari ostida qо‘llab turildi. Bu esa o‘z navbatida, san’atkorlarni quvontirdi, ruhlantirdi. Institut talabalarining orombaxsh qо‘shiqlarga hamohang tarzda ijro qilingan gо‘zal raqslar esa barchani davraga chorladi. Mahalla ahli о‘zlarining sо‘zlari, shо‘x о‘yinlari bilan institut rahbariyati, ijodiy jamoaga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

Shu o‘rinda aytish joizki, mamlakatimizning kelajagi boʻlgan yoshlarimizni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga zamonaviy usullar asosida yondashilmoqda, ularning barcha huquq va erkinliklari, imkoniyat va manfaatlarini himoya qilishda tashkiliy-huquqiy asoslar zamon bilan hamnafas takomillashib bormoqda. Ayniqsa, uyushmagan yoshlar uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasbga yoʻnaltirish va bandligini taʼminlash, tashabbuslarini ragʻbatlantirish borasidagi chora-tadbirlar soʻnggi yillarda yangi bosqichga koʻtarildi.

O'zDSMI jamoasi Sergeli tumanidagi 47-umumtaʼlim maktabida tashrif buyurdi

Qayd etilganidek, mahalla jamiyatda tinchlik-totuvlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrab-avaylash, oilalar jipsliligini ta’minlash, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, aholiga madaniy xizmat ko‘rsatishda eng yaqin ijtimoiy tuzilma hisoblanadi. Mana shunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, bayramona kechalarni muntazam o‘tkazish orqali mamlakatimizdagi samarali islohotlarning mazmun-mohiyati xalqimizga yetkaziladi, fuqarolar qalbida bugungi kunimizga shukronalik va ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuyg‘ularini yanada oshirishga erishiladi.

Eng muhimi, mazkur tadbirga yig‘ilganlarning barchasi chinakam bayram kayfiyatida bo‘ldilar.

image_pdfimage_print