О‘zbekiston– Turkiya hamkorligi

О‘zbekiston– Turkiya hamkorligi
Bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev poytaxtimizda bо‘lib о‘tayotgan “Ipak yо‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etayotgan Turkiyalik taniqli rejissyor Huseyin Ozdenni qabul qildi.
О‘zbekiston– Turkiya hamkorligi
Huseyin Ozden ilgari ham bir necha bor О‘zbekistonda bо‘lgan. Mamlakatimizdagi buyuk zotlar, ulug‘ allomalarimiz hayoti va ijodi bilan tanishgan.
О‘zbekiston– Turkiya hamkorligi
Taniqli kinorejissyor xalqaro kinofestivalda she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy haqidagi hujjatli filmi bilan ishtirok etmoqda. Uchrashuvda Navoiy asarlarining noyob jihatlariga e’tibor qaratildi.
О‘zbekiston– Turkiya hamkorligi
Alisher Navoiy haqidagi hujjatli filmni yaratishdan masadi ham shoir hayoti, ijodi orqali xalqimiz madaniyati bilan tomoshabinlarni yaqindan tanishtirish.
О‘zbekiston– Turkiya hamkorligi
Rejissyor ushbu filmni yaratishda 30 dan ortiq о‘zbekistonlik, 10 dan ziyod turkiyalik olimlar ishtirokida О‘zbekiston bilan hamkorlikda ishladi.Shundan kelib chiqilgani holda turkiyalik mehmon Alisher Navoiy hujjatli filmining yaratilishi, uning о‘ziga xos jihatlari haqida sо‘zlab berdi.Uchrashuvda buyuk ajdodlarimiz, allomalarimiz tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ularning insoniyat taraqqiyotidagi ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

О‘zbekiston– Turkiya hamkorligiО‘zbekiston– Turkiya hamkorligi

О‘zaro muloqotlar asnosida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Huseyin Ozden о‘rtasida tarixiy filmlar yaratish, ma’lumotlar almanishuvi, ta’lim jarayonlarida о‘zaro hamkorlik bо‘yicha fikrlashib olindi.

О‘zbekiston– Turkiya hamkorligi

Uchrashuvda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev taniqli rejissyor Huseyin Ozdenga esdalik sovg‘ani topshirdi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print