O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zDSMI burchagi tashkil etiladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov oliy ta’lim muassasalari rektorlari yig‘ilishida “O‘zbekiston Milliy universiteti flagman oliygoh hisoblanadi. Unga barcha oliy ta’lim muassasalari ko‘mak berishi lozim. Kerak bo‘lsa, bu yerda barcha ta’lim muassasasining o‘z burchagi bo‘lishi kerak”, degan fikrlarni ilgari surgandi.
Ushbu vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda O‘zbekiston Milliy universiteti rahbariyati o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘zaro kelishgan holda Milliy universitetda O‘zDSMI burchagini tashkil etish masalasi muhokama qilindi va kelishuvga erishildi. Shu orqali institutimizning bugungi kundagi salohiyatini va imkoniyatlarini aks ettirishni ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, kelishuvga ko‘ra, universitetda Cholg‘u ijrochiligi to‘garagi ochiladi. Qolaversa, mazkur ta’lim dargohi shtatlar jadvalida “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish rejissyorligi” shtat birligi tashkil etiladi. Ushbu shtat bo‘yicha O‘zDSMIning bitiruvchi talabalari faoliyat yuritadi. Shu bilan birga, universitetda yana bir qancha to‘garak ochilishi rejalashtirilmoqda, unda O‘zDSMI talabalari amaliyot jarayonlarini o‘tashi mumkin.
Bu orqali Milliy universitet talabalari O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti faoliyati bilan yaqindan tanishishi hamda turli loyiha, tanlovlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Kelgusida ikki oliygoh o‘rtasida memorandum imzolanishi ta’kidlandi.