O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti talabalari bilan uchrashdi

Bugun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti talabalari bilan uchrashdi.
Shuningdek, uchrashuvda institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev, fakultet dekani, kafedra o‘qituvchilari ham ishtirok etdi.
Davrat suhbati davomida Umida Teshabayeva mazkur institutning aynan kutubxonachilik yo‘nalishini tamomlab, izlanish va mehnatlari evaziga bugungi darajaga yetganini aytib o‘tdi hamda talabalarga o‘ziga xos turtki berdi.
Shu bilan birga, bugungi kunda soha bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar hamda ularda bo‘lajak kadrlarning o‘rni haqida to‘xtalib o‘tildi.
Qolaversa, institut rektori Ibrohim Yuldashev ham kelgusida erishish mumkin bo‘lgan barcha yutuqlar talabalarning o‘ziga bog‘liq ekanligini ta’kidladi.
Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.